Yoşlar qalbiga yöl kitobdan boşlanadi
Adabiyotga mehr kitobdan, maʼrifatga intiliş esa ustozlar saboği va hayotiy muloqotdan boşlanadi. Taniqli ijodkorlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşiş, ularning hayot va ijod tajribasidan bahramand böliş yoşlar uçun nafaqat maʼnaviy ozuqa, balki yangi izlanişlarga rağbat hamdir. Ana şu maqsadda «Maʼrifat ulaşib» loyihasi doirasida Guliston davlat universitetida ijodiy uçraşuv taşkil etildi.
Unda pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev, Özbekiston xalq şoirasi Xosiyat Bobomurodova, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, yozuvçi va dramaturg Abduqayum Yöldoşevlar iştirok etişib, universitet professor-öqituvçilari va talaba-yoşlar bilan adabiyot, ijod va maʼrifat xususida fikr almaşdi.

Uçraşuv avvalida universitetning Yoşlar işlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça birinçi prorektori Qozim Qudratov hamda professor Ravşanbek Mahmudovlr sözga çiqişib, adabiyotning inson maʼnaviy kamolotidagi örni, ijod ahlining jamiyat hayotidagi masʼuliyati, kitob mutolaasining ahamiyati, şuningdek, «Maʼrifat ulaşib» loyihasining yoşlar maʼnaviy tarbiyasi va dunyoqaraşini şakllantirişdagi örni xususida fikr bildirişdi.

Samimiy va erkin muloqot davomida taniqli ijodkorlar hayot va ijod yöli, ijodiy izlanişlari hamda yillar davomida orttirgan tajribalari bilan örtoqlaşdi. Qalam tebratişga qiziquvçi yoşlarga ijod sirlari, badiiy asar ustida işlaş, mutolaa va izlanişning ahamiyati xususida qimmatli tavsiyalar berildi. Şuningdek, ilm-maʼrifatning inson dunyoqaraşi va tafakkurini boyitiş, mustaqil fikrlaş qobiliyatini şakllantirişdagi örniga alohida eʼtibor qaratildi.


— Universitetda talaba-yoşlar va taniqli ijodkorlar örtasida «Maʼrifat ulaşib» loyihasi doirasida bunday uçraşuvlarning taşkil etilişi katta ahamiyatga ega. Ijodkorlar bilan bevosita muloqot yoşlarning adabiyotga qiziqişini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş va maʼnaviy dunyosini boyitişga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijodkorlarning hayotiy tajribasi, ijodiy izlanişlari va hayot haqidagi muşohadalari yoşlar uçun katta saboq maktabidir. Bunday uçraşuvlar ularni köproq kitob öqişga, mustaqil fikrlaşga va öz ustida işlaşga undaydi, — deydi professor Ravşanbek Mahmudov.
Muloqot jarayonida professor-öqituvçilar va talabalar ham özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ijodkorlar bilan fikr almaşdi. Adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati, asarlarda inson qadri, Vatanga muhabbat, ezgulik va hayotiy qadriyatlar ifodasi yuzasidan mulohazalar bildirildi. Uçraşuvning badiiy qismida ijodkorlar va iqtidorli talabalar tomonidan şeʼrlar öqilib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşildi.

Loyiha doirasidagi maʼrifiy uçraşuvlar Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toşkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida ham davom etdi. Şuningdek, filial taşabbusi bilan Yangiyer şahridagi 9-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari uçun ham taniqli ijodkorlar iştirokida ijodiy muloqot taşkil etildi.

Eʼtiborlisi, loyihaning oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan bir qatorda umumtaʼlim maktablari öquvçilarini ham qamrab olayotgani uning maʼrifiy ahamiyati va taʼsir doirasini yanada kengaytirmoqda. Bunday uçraşuvlar yoşlarni adabiyot olamiga yaqinlaştiriş, kitob mutolaasiga mehr uyğotiş, ijodiy qobiliyat va mustaqil fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Eng muhimi, kitobga mehr, adabiyotga hurmat va maʼrifatga intiliş inson qalbida yoşlikdan ildiz otadi. Ijodkorlar bilan yuzma-yuz muloqot esa bu intilişni yanada mustahkamlab, yoş avlodni ezgu maqsadlar va yangi ijodiy izlanişlar sari ruhlantiradi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri