Ekologik ekspertizada sunʼiy intellekt: Italiya tajribasi Özbekistonda
Mamlakatimizda ekologik ekspertiza jarayonlarini raqamlaştiriş, ularning samaradorligi va şaffofligini oşirişda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada xalqaro tajribani örganiş, ilğor texnologiyalarni milliy tizimga tatbiq etiş maqsadida Italiya bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
Rim şahriga “Ekologik baholaşda sunʼiy intellektdan foydalaniş: Italiya tajribasi” mavzusida öquv safari taşkil etildi. Unda Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktori Ğayrat Muhamedov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi iştirok etdi.

Tadbir Italiya Atrof-muhit va energetika xavfsizligi vazirligi (MASE), Taʼsirni baholaş xalqaro assotsiatsiyasining Italiya bölimi (IAIA Italia) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YEXHT) hamkorligida ötkazildi. Asosiy maqsad atrof-muhitga taʼsirni baholaş (ATB) va strategik ekologik baholaş (SEB) jarayonlarida sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalaniş böyiça tajriba almaşiş, şuningdek, ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişdan iborat.
Uç kunlik taşrifning dastlabki ikki kunida Italiya va Özbekistondagi ekologik baholaş tizimlari, raqamli texnologiyalarni qöllaş mexanizmlari hamda sunʼiy intellekt asosida işlaydigan axborot platformalarini özaro integratsiya qiliş masalalari muhokama qilindi. Xususan, Italiyada atrof-muhitga taʼsirni baholaş va strategik ekologik baholaş tizimining huquqiy-institutsional asoslari, vakolatlar taqsimoti hamda sunʼiy intellektdan foydalanişning asosiy tamoyillari körib çiqildi. Şuningdek, Özbekistonda ekologik baholaş tizimining bugungi holati va Ekologiya milliy qömitasi faoliyati yuzasidan taqdimotlar ötkazildi.

Şuningdek, taşrif doirasida delegatsiya Marke va Lombardiya hududlari tajribasi bilan tanişdi. Jumladan, loyihalarni dastlabki tavsiflaş, çiqindilarni boşqariş obʼektlarini ekologik taʼsir böyiça dastlabki baholaş jarayonlarida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan qanday foydalanilayotgani körsatildi.
Muhokamalar davomida tomonlar özlarining axborot tizimlari bilan özaro tanişib, ularni integratsiya qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi. Italiya tomoni öz modellaridan Özbekistonda foydalanişga ruxsat berdi. Bu esa mamlakatimizda ekologik ekspertiza jarayonlarini takomillaştirişda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etiş uçun muhim imkoniyat.
Taʼkidlaş joizki, Rimdagi uçraşuvlar 2026-yil iyun oyida Samarqandda bölib ötgan “Eco Expo Central Asia 2026” körgazmasi doirasida boşlangan muloqotning mantiqiy davomi hisoblanadi. Öşanda Özbekistonda atrof-muhitga taʼsirni baholaş jarayonlarida sunʼiy intellektdan foydalaniş masalalariga bağişlangan maxsus tadbir ötkazilgan edi.

Bundan taşqari jamoatçilik iştirokini taʼminlaş, hududiy tuzilmalar uçun bilimlar tizimini şakllantiriş, şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari örtasida hamkorlik memorandumi imzolaş takliflari muhokama qilindi. Kun yakunida erişilgan kelişuvlarni rasmiylaştiriş va keyingi hamkorlik yönalişlari böyiça “yöl xaritasi”ni qabul qiliş rejalaştirildi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA