Davlat bayroği — milliy birlik va iftixor timsoli
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostidagi bayroq estafetasi Sirdaryo viloyatiga yetib keldi. Kuni keça Jizzax viloyatidan Oqoltin tumaniga olib kelingan Davlat bayroğini tuman hokimi Husniddin Suvonov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyati bölimi rahbari Murodjon Hayitovlar qabul qilib olişdi.
Tantanali marosimda nuroniylar, yoşlar, sportçilar, harbiy xizmatçilar va jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Estafeta munosabati bilan Sirdaryo viloyatida bayram tadbirlari keng kölamda taşkil etilmoqda. Bugun, 16-noyabr kuni Guliston şahrida Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligiga bağişlangan tantanali yuriş marafoni, konsert dasturi va qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilib, ularda qariyb 5 ming nafar yurtdoşimiz iştirok etmoqda.


Şuningdek, barça korxona va taşkilotlarda Davlat madhiyasi sadolari ostida Davlat bayroğini kötariş marosimlari bölib ötib, soat 09:00 dan 11:00 ga qadar viloyatning barça şahar va tumanlari markazlarida hokimlar boşçiligida ommaviy yuriş marafonlari hamda bayram konsert dasturlari taşkil etildi.


— Bayram munosabati bilan viloyatning barça hududlarida keng qamrovli tadbirlar ötkaziladi. Ularning asosiy maqsadi yoşlar va keng jamoatçilik örtasida davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy iftixor tuyğularini yanada mustahkamlaşdan iborat, — dedi Murodjon Hayitov.


Sirdaryodagi tadbirlardan söng bayroq estafetasi Şirin şahri orqali Toşkent viloyatining Bekobod şahriga tantanali ravişda topşiriladi.

Ğulom Primov, ÖzA muxbiri