Yoşlar murojaatlari tinglanib, amaliy yordam körsatildi
Termiz şahrida Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boşqarmasi boşliği A. Eşmatov iştirokida yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazildi. Unda 101 nafar öğil-qizning murojaat va takliflari tinglanib, 20 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Viloyat va tumanlardagi masʼul taşkilotlar rahbarlari iştirok etgan uçraşuvda yoşlar bandligini taʼminlaş, ularni kasb-hunarga öqitiş, doimiy daromad manbaiga ega qiliş hamda tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Har bir murojaat tegişli taşkilotlar vakillari bilan birgalikda muhokama qilindi. Qöşimça örganiş talab etadigan masalalar böyiça masʼullarga vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
[gallery-32578]
Muloqot doirasida özini özi band qiliş va kiçik biznes faoliyatini yölga qöyiş istagidagi yoşlarga «Yoşlar daftari» jamğarmasi mablağlari hisobidan asbob-uskunalar topşirildi.
Xususan, 10 ta tikuv maşinasi, santexnika işlari uçun 2 ta asbob-uskunalar jamlanmasi, 3 ta motokultivator jamlanmasi, 2 ta payvandlaş uskunalari jamlanmasi hamda avtomobillarga texnik xizmat körsatiş uçun 2 ta jihozlar jamlanmasi berildi.
Uşbu kömak yoşlarning egallagan hunari asosida mustaqil faoliyat boşlaşi, xizmat körsatiş va işlab çiqariş yönalişlarida daromad topişiga xizmat qiladi.
Viloyat DXX boşqarmasi rahbarining hududlarda yoşlar bilan ötkazayotgan bevosita muloqotlarida kötarilgan masalalar masʼul idoralar bilan hamkorlikda örganilib, ularning yeçimi yuzasidan amaliy çoralar belgilangan. Bu jarayonda murojaatlarni hal etiş, yoşlar bandligini taʼminlaş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ustuvor ahamiyatga ega.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA