Qalblarni birlaştirgan Vatan timsoli
Namangan viloyatida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida vatanparvarlik tadbiri bölib ötdi.
Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan şaharçasining markaziy köçasida taşkil etilgan tadbirda davlat idoralari, oliy taʼlim muassasalari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, harbiy tuzilmalar va jamoat taşkilotlari vakillari hamda yoşlar iştirok etdi.
Tadbirning oçilişida viloyat hokimi örinbosari O. Bozorov davlat ramzlariga hurmat, milliy birlik va Vatanga sadoqat tuyğularini mustahkamlaşning ahamiyati haqida söz yuritdi.
Namangan davlat texnika universitetining professor-öqituvçilari hamda talabalari ham tadbirda faol qatnaşdi. Turli soha vakillarining Davlat bayroği ostida bir safga jam bölişi yurtga muhabbat va hamjihatlik ifodasi böldi.
[gallery-32583]
Mazkur tadbir aholi, ayniqsa, yoşlar qalbida milliy ğurur va iftixorni yuksaltiriş, mustaqillik qadriyatlarini eʼzozlaş hamda mamlakat taqdiriga daxldorlik hissini kuçaytirişga qaratildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA