18-noyabr — Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilingan kun (+video)
Bugun mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi davlat suvereniteti ramzi – bayroq qabul qilinganining 35 yilligi nişonlanmoqda.
Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinçlik va barqarorlik timsoli bölib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayroğini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, köz qoraçiğidek saqlaganlar.
Bugun Birlaşgan Millatlar Taşkiloti binosida unga aʼzo bölgan 193 mustaqil davlat qatori Özbekistonning ham bayroği hilpirab turibdi. Aslida har bir bayroqning öz tarixi, u mansub bölgan yurt surʼatiyu siyratiga monand qiyofasi bor.
Bayroğimizdagi har bir rang, har bir belgi öziga xos maʼnoga ega. Undagi moviy rang kuç-qudratni, tinçlik va barqarorlikni özida aks ettiradi. Oq rang poklik, beğuborlikni ifodalab kelgan. Yaşil rang esa, yaşariş va yangilaniş ramzi, şuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-eʼtiqodimiz timsoli hisoblanadi. Qizil çiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nişonasidir.
Tariximizda hukm surgan turli sulolalar, davlatlar ham öz bayroqlariga ega bölgan. Masalan, qadimgi Kökturk xoqonligi, Amir Temur davlati bayroği moviy, qadimgi ajdodlarimiz bölgan xunlarning bayroği oq, Ğaznaviylar davlati, Qöqon xonligi bayroqlari yaşil, Turkiston muxtoriyati bayroği kök va qizil ranglarda edi. Binobarin, bayroğimizni qabul qilişda, unda muayyan ranglarni belgilaşda tarixiy anʼanalarimizga alohida urğu berilgan.
Hilol va yulduzlar davlat bayroqlarida juda keng tarqalgan belgilar sanaladi. Bu ramzlar özbek davlatçiligi tarixidagi köpgina davlat bayroqlarida öz aksini topgan. Özbekiston bayroğidagi yarim oy va ön ikki yulduz ham öziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi.
Qadimdan osmonda yangi oy köringanda yaxşi niyatlar bildiriş köpgina turkiy xalqlarga xos hisoblanadi. Hilol ezgulik, orzu- umidlar, umrboqiy anʼanalar va Islom dini timsolidir. Köhna Şarqda qadimdan ön ikki raqami mukammallikni, komillikni anglatib kelgan. Ön ikki oy, ön ikki burj... "Temur tuzuklari"da yozilişiça, Sohibqiron öz saltanatini ön ikki toifadagi kişilar bilan mustahkamlagan, davlat boşqaruvida ön ikki tamoyilga qatʼiy amal qilgan. Azaldan ön ikki yoşga tölgan gödak bir muçal yaşagan, baloğatga yetgan hisoblanadi.
Yaqin tariximizga nazar soladigan bölsak, hali sobiq tuzum paytidayoq, 1990-yilning mart oyida ötgan parlament sessiyasida yurtimizning davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilingan edi. Öşa yilning 20-iyun kuni qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasida ham Özbekiston öz taraqqiyot yölini özi belgilaşi, bayroq, gerb, madhiya singari ramzlarni özi taʼsis etajagi qayd etildi.
Vatanimiz mustaqillikka erişgan dastlabki pallada 1991-yilning 18-noyabrida Davlat bayroği töğrisidagi qonun qabul qilindi. Uşbu qonunga köra, bayroğimiz davlat suverenitetining ramziga aylandi.
Mustaqil davlatning ramzlari köp, ammo ularning heç biri millatni, xalqni davlat bayroği kabi jahon ahliga tanita olmaydi. Bizning bayroğimiz ötgan öttiz beş yil mobaynida Özbekistonni jahon ahliga tanitib ulgurdi. Dunyoda Özbekiston degan mamlakat, turli millat va elatlarni özaro birdamlik, hamjihatlik bayroği ostida birlaştirgan davlat borligini maʼlum qildi.
Bugun davlatimiz bayroği tinç va osoyişta, ozod hamda erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimiz timsoliga aylandi. Mana şu erk tuyğusi baland kötarilgan kun barçamizga muborak bölsin!
Muhayyo Turdaliyeva, Uluğbek Töxtayev, ÖzA