Yoşlar — jamiyat taraqqiyotining hal qiluvçi kuçi
Bugungi kunda yoşlarning taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi, bandligini taʼminlaş va jamiyatda munosib örin topişi mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Şu bois ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi.
Toşkent viloyatida ham Özbekiston Respublikasining “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida yoşlar bandligi, taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi, ijtimoiy himoyasi va huquqbuzarliklar profilaktikasi yönalişlarida muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputatlari tomonidan hududdagi örganişlar asosida töplangan maʼlumotlarga köra, hisobot davrida 5 ming 332 nafar işsiz va doimiy daromadga ega bölmagan şaxsni işga joylaştiriş çoralari körilgan. Şu bilan birga, 1 ming 887 nafar işsiz yoş “Yoşlar daftari”ga kiritilib, amaliy yordam körsatilgan. Şuningdek, 2 ming 455 nafar yoş kasb-hunar örganişga jalb qilingan, 2 218 nafar yoşning tadbirkorlik faoliyati va bandligini taʼminlaşga kömaklaşilgan. Yana 2 ming 203 nafar yoş öquv kurslari va monomarkazlarga yönaltirilgan.

– Bu körsatkiçlar yoşlar bandligini taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlar kölamini ifodalaydi, – deydi Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati, Yoşlar siyosati, madaniyat va sport masalalari böyiça doimiy komissiya raisi Guliraʼno Umarova. – Biroq masalaning muhim jihati nafaqat yoşlarni kasbga öqitiş yoki işga yönaltiriş, balki ularning qançasi doimiy iş bilan taʼminlangani, olgan kasbi böyiça faoliyat yuritayotgani va barqaror daromadga ega bölganidir. Şu bois kasb-hunarga öqitilgan yoşlarning keyingi bandligini monitoring qiliş, taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Biz ötkazgan örganişlarda aynan şu jihatlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bu jarayonda 10 dan ziyod hamkor taşkilotlar yordam berdi.

Yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş, ularni ilm-fan, sport, axborot texnologiyalari va boşqa yönalişlarga jalb etiş muhim ahamiyatga ega. Jumladan, “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida 1 million 250 ming nafardan ortiq öğil-qiz qamrab olingan. “Zakovat” va boşqa intellektual öyinlar yönalişlarida esa 192 ming nafar yoş turli tadbirlarga jalb etilgan. Ayniqsa, joriy yil 5-oktabr kuni “Zakovat” intellektual öyinining respublika bosqiçida Çinoz tumani jamoasi birinçi örinni egallab, 60 million söm pul mukofoti bilan taqdirlangani eʼtiborga molik.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olayotgan, mehnat qilayotgan va ilğor tajriba orttirayotgan yoşlar viloyatning muhim salohiyati hisoblanadi. Maʼlumotlarga köra, Toşkent viloyatida 5 ming 812 nafar yoş xorijiy davlatlarda bölib turibdi. Ularning 1 ming 685 nafari taʼlim oliş, 4 ming 127 nafari esa mehnat faoliyati bilan şuğullaniş uçun xorijga ketgan.

Şuningdek, viloyatdan 324 nafar yoş dunyoning TOP-1000 reytingiga kiruvçi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamğarmasi orqali 21 nafar faol yoş xorijda taʼlim oliş imkoniyatiga ega bölgan. Uşbu körsatkiçlar hududda yoşlarning xalqaro taʼlim maydonidagi iştiroki kengayib borayotganini körsatadi.
Öz navbatida yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va ijtimoiy hayotga faol jalb qiliş doimiy eʼtibor talab etadi. Bu jarayonda oila, mahalla, taʼlim muassasalari va masʼul idoralar hamkorligi muhim örin tutadi. Hozirgaça viloyatda huquqbuzarlik sodir etişga moyil 4 ming 915 nafar yoş bilan profilaktika inspektorlari hamkorligida manzilli işlar olib borilgan. 7 ming 741 nafar yoşning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va yuqori sinf öquvçilarining davomatini taʼminlaş çoralari körilgan.

Ayniqsa, “Şijoat va ğayrat” harbiy-sport musobaqalariga minglab yoşlar qamrab olingan, profilaktik hisobda turgan 1 ming 300 nafar yoş “Jasorat maktabi” öquv yiğinlarida iştirok etdi. Şuningdek, tuman va şaharlarda 220 nafar yoşdan iborat “Front ofislari” taşkil etilgan. Amalga oşirilgan saʼy-harakatlar natijasida yoşlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,1 foizga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 25,1 foizga kamaygan.

Şu bilan birga, mahallalarda yoşlar bilan manzilli işlaşni kuçaytiriş, ularning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, ijtimoiy himoya va bandlikka muhtoj yoşlar bilan işlaşdagi taşkiliy masalalarni takomillaştiriş zarur. Zero, profilaktikaning asosiy maqsadi huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin çora köriş emas, balki uning oldini oliş va yoşlarning töğri hayot yölini tanlaşiga kömaklaşişdir.
Aslida yoşlarga oid davlat siyosatining samarasi, avvalo, ular hayotidagi aniq özgarişlarda namoyon böladi. Kasb örgangan yigit-qizning öz mutaxassisligi böyiça mehnat qilişi, iqtidorli yoşning qobiliyatini röyobga çiqarişi va har bir yoşning jamiyatda öz örnini topişi muhim mezondir.
A.Musayev,ÖzA