Mahkuma ayollarning farzandlari maktabgaça taʼlim bilan qamrab olinadi
Jazoni ijro etiş muassasalarida dunyoga kelgan gödaklar. Ular şunçalik begunoh fariştalarki, onasining xato yoki jinoyati uçun aslo aybdor emas. Aslida, bunday taqdirning özi oğir. Har bir bola mehr va eʼtiborda ulğayişi şart bölganidek, bunday gödaklarga ham davlatimiz mehr va ğamxörlik körsatmoqda.
2026-yil 12-noyabrda “Jazoni ijro etiş muassasalarida jazoni ötayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgaça taʼlim xizmatlari bilan qamrab oliş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2026-yil 1-dekabrdan Içki işlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi qoşidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari taşkil etiladi.
Maxsus maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 5 nafargaça bolalarni qamrab oladigan keça-yu kunduz faoliyat yurituvçi guruhlar taşkil etiladi.
Tarbiyalanuvçilar yaşaşi, tibbiy xizmatdan foydalanişi, yoşiga mos ravişda rivojlanişi va kamol topişi uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi.
Tarbiyalanuvçilar 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunçilikda Bolalar uylari tarbiyalanuvçilari uçun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-keçak, poyabzal, yumşoq anjomlar bilan taʼminlanadi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tarbiyalanuvçilarni öz vaqtida emlaş va tibbiy körikdan ötkaziş taʼminlanadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har çorakda bola va ona uçun yaratilgan şaroitni örganiş maqsadida monitoring amalga oşiriladi.
ÖzA