Yoshlar “Hokim olimpiadasi”da bellashmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Hokim olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahorati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etmoqda.
Har bir uchrashuv keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tayotir. Bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni jismonan barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Hokim olimpiadasi” doirasida sportning boks turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar ham qizg‘in tus oldi. Ayni kunlarda yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida mazkur musobaqa doirasida boks bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududning iqtidorli sportchilari o‘zaro kuch sinashib, g‘alaba uchun murosasiz bahs olib borayotir.
[gallery-29744]
Musobaqa davomida sportchilar o‘z mahorati, chidamliligi va jangovar ruhini namoyish etib, keyingi bosqichlarga yo‘llanma olish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA