Futbolchilarimiz Portugaliyaga yengildi
Ronaldu o‘yin taqdirini hal qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xyuston shahridagi “Houston Stadium” arenasida mundialning “K” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu uchrashuvda Portugaliya 5:0 hisobida zafar quchdi. Natijada guruhda Portugaliya ochkolarini 4 taga yetkazgan holda hozircha birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Endi Fabio Kannavaro qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-turda Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur guruhning ikkinchi o‘yinida Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari maydonga tushadi. Bellashuv 24-iyun kuni soat 07:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, mamlakatimiz vaqti bilan 24-iyun kuni soat 01:00 da “L” guruhida Angliya – Gana terma jamoalari ikkinchi tur doirasida o‘zaro raqobatlashadi. Shuningdek, ushbu guruhdagi Panama – Xorvatiya termalari to‘qnashuvi tonggi soat 04:00 boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA