Yoşlar bandligini taʼminlaş masalasi tanqid qilindi
Xorazm viloyati soliq boşqarmasida viloyatdagi barça boşqarma va idoralar rahbarlari iştirokida yoşlar bandligini taʼminlaş hamda kambağallikni qisqartiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Unda hududlardagi bitiruvçilarning iş bilan taʼminlaniş holati tanqidiy-tahliliy ruhda körib çiqildi.

Joriy yilda viloyatda 7 ming 411 nafar maktab, 3 ming 305 nafar kasb-hunar taʼlimi va 2 ming 733 nafar oliy taʼlim muassasalari bitiruvçisini iş bilan taʼminlaş belgilangan.

Yiğilişda işsizlik körsatkiçlari yuqori bölgan hududlar faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, har bir işsiz bitiruvçining muammosini manzilli örganiş, ularni munosib iş örinlariga joylaştiriş va qonuniy mehnat faoliyatiga jalb etiş böyiça aniq topşiriqlar berildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA