Narkotiklarga qarşi navbatdagi tadbirlar
Giyohvandlik vositalarining tarqalişi — oilalar osoyiştaligi, yoşlar kelajagi va jamiyat xavfsizligiga tahdid. Bu xavfning oldini olişda har bir aniqlangan holat, har bir öz vaqtida berilgan xabar muhim.
Yurtimizda ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor profilaktik tadbirlari ham şu maqsadga qaratilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyat böyiça boşqarmasi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yaşovçi, 1987 va 1994-yillarda tuğilgan ikki şaxs 1 kilogramm 950 gramm “opiy”ni şartli xaridorga 36 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda uşlandi. Mamlakatimizga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan uşbu giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Xorazm viloyatиdaги tadbirda esa avvaldankuzatuvga olingan, 1999 yilda tuğilgan şaxsUrganç tumanida vaqtinça yaşab turganxonadonidan çiqqan paytda töxtatilgan. Ayni şu vaqtda uning yaqin tanişi bölgan ayol xonadon derazasidan sellofan paketni taşqariga uloqtiradi.
Voqea joyini xolislar iştirokida közdan keçirilganda, paketda mazkur şaxsga tegişli jami 715 gramm “gaşiş”, 0,92 gramm “mefedron”sintetik giyohvandlik vositasi hamda tarkibida “pregabalin” kuçli taʼsir qiluvçi moddasi bölgan “PGN 300” nomli 23 dona dori vositasi borligi aniqlangan.
Qaşqadaryo viloyatиdaги «Umakay» yöl-patrul xizmati maskanida Surxondaryodan Toşkentga ketayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil töxtatib tekşiriladi. Unda yölovçi sifatida ketayotgan, Denov tumanida yaşovçi, 1996-yilda tuğilgan şaxsning yonidan 327 gramm “opiy” va 127 gramm “gaşiş” topilib, ular belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.
Taqdim etilgan maʼlumotga köra, uşbu moddalar muqaddam Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Jamiyatni giyohvandlik vositalari va ular bilan boğliq oğir oqibatlardan asraşga qaratilgan çora-tadbirlar davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar. Giyohvandlik vositalarining tarqatilişi bilan boğliq şubhali holatlarga befarq bölmang. Zudlik bilan bu haqda DXXning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar bering. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.
ÖzA