Surxondaryo va Balx bojxonaçilari Termizda uçraşdi
Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi boşliği I. Ğulomov va Afğonistonning Balx provinsiyasi bojxona xizmati rahbari Lalek Abdul Halim boşçiligidagi mutasaddilar iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot çoğida tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylaştiruvi, yuklarni Özbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tartibida olib ötişda amaldagi bojxona qonunçiligi talablari va şartlari xususida atrofliça fikr almaşildi. Taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga rasmiylaştiriş jarayonlarini amaldagi tartiblar asosida taşkil etiş, qonunçilik talablariga qatʼiy rioya qiliş va yuklarni belgilangan tartibda olib ötiş böyiça tavsiyalar berildi.

Afğonistonda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Özbekiston bozoriga yetkazib beriş, şuningdek, mamlakatimiz hududi orqali uçinçi davlatlarga eksport qiliş uçun “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida barça zamonaviy şaroit va imkoniyat yaratilgani qayd etildi. Yuklarni rasmiylaştiriş jarayonlarini yanada tezlaştiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, Afğonistondan kelayotgan taşqi savdo yuklari va fuqarolar uçun bojxona postlari 24 soatlik iş rejimida uzluksiz işlayotgani taʼkidlandi.

Ayni paytda ikki yon qöşni davlat örtasidagi iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Jumladan, 2023-yilning ön oyida mamlakatimizning Afğoniston bilan taşqi savdo aylanmasi 573 million dollarni taşkil etgan bölsa, joriy yilning mos davrida bu körsatkiç 2,7 barobarga oşib, 1 milliard 547 million 600 ming dollarga yetdi.

Uçraşuv doirasida mehmonlar “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida bojxona, logistika va yuk operatsiyalarida amalga oşirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanişdi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri