Yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi
Shu kunlarda Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ushbu murosasiz bilimlar bellashuvida hududlardan tashrif buyurgan 17 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra eng kuchli jamoalar shohsupadan joy oldi.
Shunga ko‘ra, 1-o‘rin Surxondaryo viloyati IIB jamoasiga, 2-o‘rin Navoiy viloyati IIB jamoasiga hamda 3-o‘rin Sirdaryo viloyati IIB jamoasiga nasib qildi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA