Yoş şaxmatçilarimiz rapid va blits yönalişlari böyiça jahon çempionatida peşqadamlar qatorida
Birlaşgan Arab Amirliklarining Al-Ayn şahrida 20 yoşgaça bölgan şaxmatçilar örtasida rapid va blits yönalişlari böyiça jahon çempionati bahslari davom etmoqda.
50 ga yaqin mamlakatning eng mahoratli şaxmatçi yoşlari iştirok etayotgan dunyo birinçiligining “Open” bölimida Özbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Bekmuratov, Muzaffarjon Abdurasulov va Usmonxon Tohirjonov, ayollar bölimida Afruza Hamdamova, Umida Omonova va Nilufarxon Imomqöziyeva vatanimiz şarafini himoya qilmoqda.

Çempionat dasturiga binoan 2–4-noyabr kunlari 9 ta turdan iborat rapid musobaqalari taşkil etilsa, 5–6-noyabr kunlari 13 ta turni qamrab oladigan blits öyinlari bölib ötadi.
Keça jahon çempionati rapid yönalişining dastlabki 1-3 tur öyinlari ötkazilib, “Open” bölimida dona surayotgan hamyurtlarimizdan Humoyun Bekmuratov 91 nafar iştirokçi orasida 2 ta ğalaba, 1 ta durang qayd etgan holatda 2,5 oçko jamğarişga muvaffaq böldi.

Şuningdek, hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov 2, Muzaffarjon Abdurasulov va Usmonxon Tohirjonov 1 oçko bilan çempionatdagi iştirokini davom ettirmoqda.
Rapid musobaqalarining ayollar bölimida iştirok etayotgan şaxmatçi qizlarimizdan Umida Omonova 3 ta tur yakunlariga köra, 3 oçko bilan ğoliblikka daʼvogarlik qilmoqda. Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomqöziyeva esa 2 oçko bilan 42 nafar qatnaşçi orasida kuçli önlikda harakatlanmoqda.
Bugun, 3-noyabr kuni jahon çempionatining 4-6 tur öyinlari taşkil etiladi.
Tölqin Röziyev, ÖzA