Prezident olimpiadasi: bugun yettita sport turida sovrindorlar aniqlanadi
Bugun, 3-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” hamda Çirçiqdagi Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmualarida davom etayotgan Prezident olimpiadasining sakkizinçi musobaqalar kunida yettita sport turida ğolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Ortda qolgan yettinçi kungi bahslar davomida bir qator yönalişlarda, jumladan gandbol, erkin kuraş, ayollar kuraşi, tennis va para suziş musobaqalarida sovrindorlar aniqlandi.

Gandbolning yigit jamoalari örtasidagi uçraşuvlar sarhisobiga köra, Xorazm jamoasi çempionlik şohsupasiga kötarilgan bölsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Andijon viloyati jamoalari keyingi örinlarni egalladi.
Gandbolçi qizlar örtasida keçgan uç kunlik öyinlar natijasida Surxondaryo, Namangan, Navoiy viloyati vakillari sovrindorlikni qölga kiritdi.

Erkin kuraş musobaqalarida Otabek Töxtamurodov (Surxondaryo), Otabek Boboyorov (Jizzax), Abduxoliq Iqboljonov (Sirdaryo), Nurbek Bahriddinov (Buxoro), Diyorbek Şaripov (Samarqand), ayollar kuraşida Odina Hamidjonova (Jizzax), Şahrinoz Şarifova (Buxoro) “Prezident olimpiadasi”ning ğoliblariga aylanişdi.
Para suzişning bir qator yönalişlarida taşkil etilgan musobaqalar matonat va iroda timsoli bölgan yoşlar uçun çinakam sport bayrami körinişini oliş bilan birga ularni yangi yutuqlar sari ilhomlantirdi.
Ötkazilgan musobaqalarda Asilbek Baykeldiyev (Surxondaryo), Umidjon Xudoynazarov (Surxondaryo), Nurmuhammad Tohirov (Toşkent şahri), Qudratjon Nurullayev (Navoiy), Hikmatullo Haydaraliyev (Andijon), Allayar Tolibbayev (Qoraqalpoğiston Respublikasi), Qudratilla Soliyev (Toşkent şahri), Alişer Bahodirov (Xorazm), Sabina Suvonova (Navoiy), Munisaxon Odilova (Andijon), Şahnoza Yerejepbayeva (Qoraqalpoğiston Respublikasi), Gulnoza Atanazarova (Xorazm), Asal Muratbayeva (Qoraqalpoğiston Respublikasi), Nafisa Sattorova (Toşkent viloyati) Çarosxon Hoşimova (Andijon) oltin medallarga ega çiqdi.
Bugungaça “Prezident olimpiadasi” musobaqalarining 124 ta medallar jamlanmasi, umumiy hisobda 433 ta medal öz egalariga topşirildi.

Samarqand viloyati jamoasi 18 ta oltin, 13 ta kumuş va 12 ta bronza medali bilan umumjamoada yetakçilik qilmoqda. 2-örinni band etgan Xorazm viloyati vakillari hisobida 17 ta oltin, 10 ta kumuş, 17 ta bronza medali mavjud. Qaşqadaryo viloyati yoş sportçilari 13 ta oltin, 19 ta kumuş va 17 ta bronza medali bilan kuçli uçlikka yakun yasagan.
Musobaqalar 8-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA