Elit OÇL: Özbekiston klublari uçun omadsiz tur
Futbol böyiça Elit Osiyo çempionlar ligasining umumiy bosqiçi 4-tur uçraşuvlari, bugun, 3-noyabr kuni «Istiqlol» — «Al-Şamol» va «Al-Hilol» — «Şabab Al-Ahli» klublari bahsidan söng öz yakuniga yetadi.
Keçagi bahslarda esa Farğona jamoasi uçun biroz omadsiz ötdi.
Jumladan, Masqat şahridagi «Sulton Qobus» majmuasida keçgan «Traktor» — «Neftçi» uçraşuvi 2:2 hisobida yakunlandi. Öyining birinçi bölimida «Neftçi» hujumkor futbol namoyiş etib, bir qator qulay imkoniyatlarga ega böldi. Biroq vaziyatlardan foydalanişda aniqlik yetişmadi.
Ikkinçi taymda ham taşabbusni qöldan boy bermagan «Neftçi» 55-daqiqada hisobni oçdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Stipe Peritsa jamoasini oldinga olib çiqdi. 82-daqiqada Tomislav Ştrkal mezbonlar muvozanatni tikladi. Uçraşuvga qöşib berilgan vaqtda Vladimir Yovoviçning 90+4-daqiqadagi goli farğonaliklarga yana ustunlik keltirdi. Ammo 90+9-daqiqada Masʼud Zaerkazamayn hisobni tenglaştirib, «Neftçi»ni ğalabadan mahrum etdi.
Toşkentning «Paxtakor» jamoasi esa öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga 2:6 hisobida mağlub böldi.
Mezbonlar 15-daqiqada Abdulloh Al-Hamdanning golidan söng hisobda ortda qoldi. Oradan ikki daqiqa ötib, Joau Feliks farqni oşirdi. Portugaliyalik futbolçi 32-daqiqada yana bir bor poytaxtimiz klubi darvozasini işğol etib, dubl qayd etdi.
[gallery-32327]
«Paxtakor» 36-daqiqada Flamarionning goli bilan javob qaytardi. Dastlab Akmal Mozgovoyning zarbasidan keyin kiritilgan töp ofsayd sabab bekor qilingan bölsa, bu safar Şerzod Nasrullayevning uzatmasini Flamarion golga aylantirdi.
Ikkinçi bölimda Abdulah Al-Amri (53) va Abdulrahmon Ğarib (62) mehmonlar ustunligini yanada mustahkamladi. 75-daqiqada Dostonbek Hamdamov «Paxtakor»ning ikkinçi golini kiritdi. Biroq 79-daqiqada Anjelo yakuniy hisobni belgiladi — 2:6.
4-turning boşqa uçraşuvlarida «Al-Vasl» «Eyr Fors»ni 4:3 hisobida mağlub etdi. «Al-Ittihod» «Al-Ayn»ga 1:4, «Al-Ğarafa» esa «Al-Qodisiya»ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Al-Sadd» va «Al-Ahli» jamoalari örtasidagi bahsda esa hisob oçilmadi — 0:0.
Javohir Toşxöjayev,
Almurod Mamadaminov (Surat), ÖzA