Yosh chempionlar aniqlandi
Poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 180 nafardan ortiq polvon bellashdi.
Poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 180 nafardan ortiq polvon bellashdi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur chempionatdan ko‘zlangan maqsad iqtidorli yoshlarni saralash, yurtimizda olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan yunon-rum kurashini yanada ommalashtirishdan iborat.
Musobaqada Ilhom Bahromov, Javohir Mirahmedov, Umid G‘aniyev, Mirzobek Rahmatov, Abubakr Alimov, Jalgas Berdimuratov, Hojiakbar Shahobiddinov, Abbos Ibrohimov kabi iqtidorli sportchilar o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
– Mazkur chempionat mahoratimizni oshirishda o‘ziga xos bosqich bo‘ldi, – deydi o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ilhom Bahromov. – Unda g‘alaba qozongan sportchilar qatori kelgusi yili o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritganimdan mamnunman.