Yolg‘izlik va salbiy fikrlardan qanday xalos bo‘lish mumkin? (+video)
Bugungi shiddatli hayot tarzi, kundalik tashvishlar va turli ruhiy bosimlar insonning ruhiy holatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yolg‘izlik hissi, o‘ziga ishonchsizlik va salbiy fikrlar ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Xo‘sh, inson nima sababdan o‘zini yolg‘iz his qiladi? Salbiy fikrlar qanday paydo bo‘ladi va ulardan xalos bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Ruhiy xotirjamlikka erishish va hayotga ijobiy munosabatni shakllantirishning qanday samarali usullari mavjud?
Ushbu savollar yuzasidan psixolog Dilrabo Norqulova bilan suhbatlashdik.
Ko‘rsatuv davomida yolg‘izlik hissining psixologik sabablari, salbiy fikrlarni yengish, insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda ruhiy muvozanatni saqlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, psixologik salomatlikni asrash, yaqinlar bilan samimiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va hayotda ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati xususida fikr yuritildi.
Ushbu suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA