Yirik transport loyihasi
Mamlakatimizda transport va yöl infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, aholi uçun qulay harakatlaniş şaroitlarini yaratiş, xalqaro transport yölaklarining ötkazuvçanlik salohiyatini oşiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar doirasida zamonaviy yöl infratuzilmasini barpo etiş, mavjud transport tarmoqlarini takomillaştiriş va hududlarning özaro boğliqligini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu kabi işlar Buxoro viloyatida ham izçil davom etmoqda. Xususan, viloyat markazida transport harakatini yengillaştiriş, tirbandliklarni bartaraf etiş va xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yöllarida harakat samaradorligini oşiriş maqsadida yirik infratuzilma loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Şu masala yuzasidan viloyat hokimi Botir Zaripov Xitoyning “CSCEC International” kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqotda Buxoro şahridagi eng serqatnov transport nuqtalaridan biri hisoblangan “Karvon bozor” çorrahasida zamonaviy ikki sathli yöl ötkazgiç barpo etiş loyihasi muhokama qilindi.
Loyihaga köra, A380 “Ğuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yölining 224-kilometri hamda M37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboşi” avtomobil yölining 265-kilometri kesişgan hududda zamonaviy transport inşooti quriladi.
Mazkur çorrahaning strategik ahamiyati şundaki, u ikki xalqaro avtomobil yölini özaro boğlovçi muhim transport tuguni hisoblanadi. Mavjud maʼlumotlarga köra, bu yerdan bir sutkada örtaça 80 mingdan ortiq transport vositasi harakatlanadi. Tabiiyki, bunday yuqori harakat jadalligi, ayniqsa, kunning serqatnov soatlarida tirbandliklarni yuzaga keltirib, haydovçilar va yölovçilar uçun muayyan noqulayliklar tuğdirmoqda.
Şu bois çorrahani qayta taşkil etiş va transport oqimlarini turli sathlarda harakatlantiriş zamon talabiga aylanmoqda.

Loyiha doirasida çorrahada törtta yöl ötkazgiç hamda umumiy uzunligi 2,8 kilometr bölgan avtomobil yöllarini quriş közda tutilgan. Bu orqali transport vositalarining bir-biri bilan kesişuv nuqtalarini kamaytiriş, harakat oqimlarini tartibga soliş, çorrahaning ötkazuvçanlik imkoniyatini oşiriş va yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş maqsad qilingan.
Uçraşuvda loyihaning texnik yeçimlari, quriliş jarayonini taşkil etiş, amalga oşiriş muddatlari va boşqa taşkiliy masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov loyihani sifatli, belgilangan talab va meʼyorlar asosida amalga oşiriş, qurilişda zamonaviy muhandislik yeçimlarini qöllaş, şuningdek, jarayon bilan boğliq barça taşkiliy masalalarni öz vaqtida hal etiş muhimligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, yirik transport inşootlarini barpo etişda faqat quriliş hajmi emas, balki ularning uzoq muddatli samaradorligi, harakat xavfsizligi va kelgusidagi transport oqimlariga moslaşuvçanligi ham muhim mezon hisoblanadi. Ayniqsa, xalqaro yöllar kesişgan nuqtada bunday loyihaning amalga oşirilişi nafaqat şahar içki harakatiga, balki butun mintaqaning transport-logistika imkoniyatlariga ham ijobiy taʼsir körsatişi mumkin.
Loyiha töliq amalga oşirilgaç, “Karvon bozor” çorrahasida transport ötkazuvçanligi oşişi, tirbandliklar kamayişi, haydovçilar va yölovçilar uçun qulay hamda xavfsiz harakatlaniş şaroiti yaratilişi kutilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri