Özbekiston va Ömon Sultonligi örtasida madaniy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 12-noyabr kuni Ummon Sultonligida ötkazilgan “Özbekiston madaniyati kuni” doirasida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Ömon Sultonligi Madaniyat, sport va yoşlar vaziri Sayyid Saud bin Hilal bin Hamad Al Busaidi örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning joriy holati va ularni yanada rivojlantiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilindi. Vazir Ozodbek Nazarbekov uçraşuvda ikki xalqni köp asrlik döstlik riştalari, umumiy islomiy meros hamda muhtaşam maʼnaviy qadriyatlar boğlab turişini taʼkidladi.
Tomonlar ikki davlatda madaniyat kunlarini muntazam ravişda ötkaziş, sanʼat va madaniy taʼlim sohalarida özaro tajriba almaşiş, qöşma konsert dasturlarini taşkil etiş hamda ikki mamlakat madaniyat vazirliklari örtasida hamkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlovçi tegişli hujjat loyihasini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişdilar.
Şuningdek, Maskat Qirollik opera teatri bilan hamkorlik yölga qöyilişi maʼlum qilindi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Maskat Qirollik opera teatri faoliyati, uning ijodiy imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlik yönalişlari bilan yaqindan tanişdi. Tadbirlar doirasida teatr Direktorlar kengaşi aʼzosi Sayyid doktor Komil bin Fahd Ol Said bilan rasmiy uçraşuv ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi va Maskat Qirollik opera teatri örtasida amaliy hamkorlikni örnatiş, jumladan, qöşma opera va balet spektakllarini sahnalaştiriş, ijodiy jamoalarning özaro gastrol safarlarini uyuştiriş hamda soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Taşrif doirasida “Özbekiston madaniyati kunlari”ning rasmiy oçiliş marosimi va gala-konsert dasturi oldidan ikki mamlakat sanʼatkorlari hamda hunarmandlari ijodiga bağişlangan körgazma namoyişi bölib ötdi.
Körgazma doirasida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov va Ummon Sultonligi Madaniyat, sport va yoşlar vaziri Sayyid Saud bin Hilal bin Hamad Al Busaidi ikki xalqning milliy anʼanalari, amaliy sanʼat va hunarmandçilik yönalişlaridagi ijod namunalarini közdan keçirdilar. Uşbu tadbir ikki davlatning madaniy boyligi va boy ijodiy anʼanalari bilan yaqindan tanişiş imkonini beruvçi muhim maydon vazifasini ötadi.
Ziyovuddin Nuriddinov, ÖzA