2027-yildan "Taşabbusli byudjet" loyihalari mobil ilovalar orqali moliyalaştiriladi
Mahallalarda aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etiş, fuqarolarning hududlarni rivojlantirişdagi iştirokini kengaytiriş hamda jamoatçilik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xususan, "Taşabbusli byudjet" jarayonlari doirasida xalq vakillari va jamoatçilikning faolligini oşiriş, şeriklik loyihalarini moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan yangi tartiblar belgilandi.
2027-yil 1-yanvardan boşlab fuqarolar “Taşabbusli byudjet” doirasidagi şeriklik loyihalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, tölov taşkilotlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham moliyalaştiriş imkoniyatiga ega böladi.
Yangi tartib aholining byudjet mablağlarini taqsimlaşdagi iştirokini kengaytiriş, fuqarolar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va loyihalarni moliyalaştiriş jarayonini yanada qulaylaştirişga qaratilgan.
Belgilangan tartibga köra, mobil ilovalarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya taʼminlanadi. Natijada foydalanuvçilar barça şeriklik loyihalari röyxati bilan tanişişi, şuningdek, “Taşabbusli byudjet” jarayonining onlayn statistik maʼlumotlarini kuzatib borişi mumkin böladi.
Eng muhimi, mobil ilovalar orqali yiğilgan mablağlar töğridan-töğri tegişli Fuqarolar taşabbusi jamğarmalariga yönaltiriladi. Agar muayyan şeriklik loyihasi qiymatining 50 foizi aholi tomonidan ixtiyoriy ravişda yiğilsa, qolgan 50 foizi belgilangan tartibda avtomatik ravişda moliyalaştiriladi.
Şuningdek, loyiha uçun zarur mablağ töliq yiğilmagan taqdirda, fuqarolar tomonidan kiritilgan mablağlar 10 iş kuni içida ularning mobil ilovalar orqali bildirgan söroviga asosan qaytarib beriladi.
Yangi mexanizmda moliyaviy şaffoflik va fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, loyihalarni amalga oşiriş jarayonida yuzaga keladigan qöşilgan qiymat soliği, buyurtmaçi korxonalarni saqlaş hamda tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş xarajatlari aholidan yiğilgan mablağlar hisobidan qoplanmaydi. Uşbu xarajatlar töliq Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Bundan taşqari, Davlat byudjetidan şeriklik loyihalari uçun ajratilgan, biroq sarflanmagan yoki özlaştirilmagan mablağlar kelgusi yillardagi şeriklik loyihalarini moliyalaştiriş uçun qöşimça mablağ sifatida yönaltiriladi. Tegişli moliya yilida yakunlanmay qolgan loyihalar uçun ajratilgan mablağlar bundan mustasno.
Yana bir muhim yangilik - qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 2 ming baravarigaça bölgan içki yöllarni taʼmirlaşga oid şeriklik loyihalarini tuman va şahar obodonlaştiriş boşqarmalari tomonidan amalga oşiriş tartibi joriy etiladi.
Mazkur özgarişlar “Taşabbusli byudjet” jarayonida fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş, şeriklik loyihalarini moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mahallalardagi dolzarb muammolarni aholi va davlat hamkorligida hal etişga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA