YEXHT anjumani: tinçlik va parlament diplomatiyasi
Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida “YEXHT makonida muloqotni rivojlantiriş, işonçni mustahkamlaş va xavfsizlikni taʼminlaş manfaatlari yölida xalqaro huquqni ilgari surişda parlamentlarning roli” mavzusida uçinçi Aşxobod konferensiyasi bölib ötmoqda.
Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Mavluda Xöjayeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etmoqda.
Maʼlum qilinganidek, mazkur anjuman Turkmaniston Majlisi hamda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YEXHT) hamkorligida taşkil etilgan. Konferensiyada YEXHT makonida tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, davlatlar örtasida özaro işonçni mustahkamlaş hamda xalqaro huquq normalarini ilgari surişda parlamentlarning örni va masʼuliyatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, parlament diplomatiyasini rivojlantiriş, qonun çiqaruvçi organlar örtasidagi muloqotni kengaytiriş, ilğor tajriba va fikr almaşiş orqali umumiy maqsadlarga erişiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Şuningdek, anjuman davomida xalqaro huquq va parlament faoliyatining ekologik xavfsizlikni taʼminlaş, iqlim özgarişi oqibatlariga barqarorlikni oşiriş, tabiiy ofatlarning oldini oliş borasidagi ahamiyatiga oid masalalar muhokamasi ham rejalaştirilgan.
M.Komilova,
ÖzA