Özbekiston, Ömon va Eron taşqi işlar vazirlari Masqatda muzokara ötkazdi
Masqat şahrida Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov, Ömon Sultonligi taşqi işlar vaziri Sayid Badr bin Hamad al-Busaidiy va Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi örtasida uç tomonlama uçraşuv bölib ötdi, deb xabar beradi mamlakatimiz taşqi işlar vazirligi.
Unda tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, transport-logistika aloqalarini mustahkamlaş va uç mamlakat örtasidagi tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş istiqbollarini muhokama qildi.
Şuningdek, vazirlar mintaqadagi dolzarb vaziyat yuzasidan fikr almaşdi. Mavjud keskinlikni diplomatik vositalar orqali bartaraf etiş hamda davlatlar örtasidagi amaliy muloqotni davom ettiriş zarurligini taʼkidlandi.
Muzokaralar yakunida amaliy hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş, mintaqada tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni taʼminlaşga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlaştirişga kelişib olindi.
Aziza Alimova, ÖzA