Bayroq tasviri tuşirilgan belgilardan qaysi örinlarda foydalaniş mumkin yoki taqiqlangan?
Bugun Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil töldi. Uşbu sana yurtimizda keng nişonlanmoqda.
Turli tadbirlar, marafonlar, davra suhbati va uçraşuvlarda Vatanimiz bayroğining mazmuni, milliy davlatçilik tariximizda tutgan örni, uning yaratiliş tarixi haqida yurtdoşlarimizga keng maʼlumotlar ulaşilmoqda.
Davlat bayroği haqida söz borganda, undan foydalaniş böyiça qonunçilikda belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qiliş lozimligini ham unutmasligimiz lozim.
Xöş, qaysi örinlarda va hollarda Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilardan foydalaniş mumkin yoki taqiqlangan?
Bu boradagi normalar «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonunda aniq belgilab qöyilgan. Xususan, uşbu qonunning 51-moddasida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilar mustahkamlab qöyilgan.
Unga köra, Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilar Özbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki Özbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvçi eksperimental havo kemalariga, qonunçilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat röyxatidan ötkaziş raqam belgilariga hamda Özbekiston Respublikasining asosiy çegara belgisiga qöyiladi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasiga tegişlilikni belgilaş maqsadida davlat organlarining ramziy belgilari va ularning rasmiy veb-saytlarida, Özbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining asosi yoki elementi sifatida, şuningdek, öquv-tarbiya jarayonida bayroq tasviri tuşirilgan belgilardan foydalanilişi mumkin.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasiga tegişlilikni belgilaş maqsadida rasmiy xalqaro tadbirlarda Özbekiston Respublikasi vakili bölgan jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilardan foydalanilişi mumkin.
Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasining Davlat bayroğiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda uning tasviri tuşirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boşqa obʼektlarda, yaşaş yoki iş joylarida, şuningdek, ularga tutaş bölgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilişiga ruxsat etilgan.
Şuningdek, harbiy yoki boşqa davlat xizmatida bölgan şaxslarning kiyim-boşida va farqlovçi nişonlarida, xalqaro sport musobaqalari hamda Özbekiston Respublikasi çempionatlari uçun sport kiyim-boşini tayyorlaşda Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilardan foydalanilişi mumkin.
Qonunning 52-moddasida esa Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining elementlarini nodavlat taşkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilişiga yöl qöyilmasligi mustahkamlab qöyilgan.
Jumladan, Davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilardan tijorat maqsadlarida foydalaniş mumkin emas. Bundan Davlat bayroğiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda uning tasviri tuşirilgan belgilardan ustki kiyim-boşni bezatiş yoki Özbekiston Respublikasiga tegişlilikni belgilaş maqsadida foydalaniş mustasno.
Özbekiston Respublikasining Davlat bayroğiga nisbatan hurmatsiz munosabatda bölişga yöl qöyilmaydi. Jumladan, bayroq tasviri tuşirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teşilgan, rangi öçgan holda va boşqa nomaʼqul tarzda foydalanişga, biror-bir narsa uçun ustki yopinğiç sifatida foydalanişga, stollar, örindiqlar, stullarga töşaşga yoki uning tasvirini tuşirişga va undan qoplama sifatida foydalanişga, şuningdek, uni ötiriladigan boşqa joylarga yoki oyoq ostiga töşaşga yoki uning tasvirini tuşirişga yöl qöyilmaydi.
Bundan taşqari, kiyim-boş, daströmol yoki körpa-töşak sifatida, buyumlarni saqlaş va taşiş uçun foydalaniş mumkin emas.
Şuningdek, qonunda nodavlat notijorat taşkilotlarining ramziy belgilari Özbekiston Respublikasining Davlat bayroğiga öxşaş bölişi mumkin emasligi ham belgilab qöyilgan.
Xulosa örnida aytganda, Özbekiston Respublikasining Davlat bayroğiga nisbatan hurmat va ehtiromni saqlaş, uning qadrsizlanişiga yöl qöymaslik, bu borada qonunçilikda belgilangan tartib-qoidalarga sözsiz amal qiliş davlatimiz ramzini asrab-avaylaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz bayroğidan foydalaniş bilan boğliq tartiblarni aholi, ayniqsa, yoş avlod vakillariga yetkaziş, ularning bu boradagi savodxonligini oşiriş ham muhim vazifalardan biridir.
Muhtarama Komilova, ÖzA