Yevropa chempionati: Germaniya, Portugaliya, Fransiya bir guruhda
Yevropa chempionatining saralash turniri nihoyasiga yetdi. Saralash bosqichining so‘nggi to‘rt yo‘llanmasi Vengriya, Shimoliy Makedoniya, Slovakiya va Shotlandiya terma jamoalariga nasib qildi.
“Yevro-2020” guruhlari quyidagicha ko‘rinish oldi:
A guruhi: Italiya, Turkiya, Uels, Shveysariya
V guruhi: Belgiya, Rossiya, Daniya, Finlyandiya
S guruhi: Ukraina, Niderlandiya, Avstriya, Shimoliy Makedoniya
D guruhi: Angliya, Xorvatiya, Chexiya, Shotlandiya
Ye guruhi: Ispaniya, Shvetsiya, Polsha, Slovakiya
F guruhi: Germaniya, Portugaliya, Fransiya, Vengriya
Ma’lumot uchun, Yevropa chempionati joriy yilning yozida qit’aning 12 ta shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa keyingi yilga qoldirildi. UEFA chempionat mezbonlari va muddatiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.