Yengil atletikachilarimiz maxsus seminarda qatnashdi
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida Milliy antidoping agentligi mutaxassisi Nurillo Ishquvvatov tomonidan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va murabbiylar uchun nufuzli musobaqalar oldidan doping haqida maxsus o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda dopingning sportchilar organizmiga qanday ta’sir etishi va taqiqlangan dorilarni qo‘llash oqibatlari va ularning inson organizmiga xavf solishi haqida tushuntirildi. Shuningdek, atletlarimizga doping-test sinovlari qanday tartibda o‘tishi va doping nazorati tartibi, ularning huquq va majburiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA