Yaxşilikning eng gözal manzili — inson qalbi
Inson qadrini uluğlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qöllab-quvvatlaş, ularning muammolariga öz vaqtida yeçim topiş ijtimoiy soha xodimlari zimmasidagi muhim vazifalardan sanaladi. Bu boradagi samarali faoliyat esa, avvalo, har bir insonning dardiga quloq tutiş, uning holidan xabar oliş va zarur paytda amaliy yordam körsatişdan boşlanadi.
Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi Ğöşsoy mahallasi kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi xodim Pokiza Ernazarova ham öz faoliyatini ana şu tamoyillar asosida taşkil etgan. Uning kundalik işi xonadonlarga kirib boriş, aholining ijtimoiy ahvolini örganiş, mavjud muammolarni aniqlaş va ularning yeçimiga kömaklaşiş bilan boğliq. Faoliyatining dastlabki kunlaridanoq u mahallada yaşovçi kam taʼminlangan oilalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda yolğiz keksalarning ehtiyojlarini örganişga kirişdi.
2026-yil boşidan buyon kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam körsatiş va bolalar nafaqasini tayinlaş böyiça 68 ta ariza rasmiylaştirildi. Ularning 43 tasi asosida fuqarolarga bolalar nafaqasi tayinlandi. Şuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual işlaş, işsiz fuqarolarni rasmiy işga joylaştiriş, hokim yordamçisi kömagida imtiyozli kreditlar ajratilişiga kömaklaşiş natijasida 13 ta oilaning moddiy ahvoli yaxşilandi. Eʼtiborlisi, uşbu oilalarning ijtimoiy holati barqarorlaşib, ular reyestrdan çiqarildi.
Ayni paytda mahalla yettiligining qarori asosida 30 ta oila “Ijtimoiy reyestr”da turibdi. Ularning har biri bilan manzilli işlaş, mavjud muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etiş çoralari körilmoqda. Ijtimoiy kömakka ehtiyojmand aholini qöllab-quvvatlaş maqsadida mazkur hisobdagi 23 nafar fuqarodan “Saxovat va kömak” jamğarmasi orqali oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keçak bilan taʼminlaş böyiça arizalar qabul qilinib, ular uçun tegişli mablağlar ajratilişiga erişildi.
Şu bilan birga, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan ikki nafar yolğiz keksa “Yolğizlar” röyxatiga kiritildi. Ularning kundalik ehtiyojlarini qondiriş, holidan xabar oliş va zarur ijtimoiy xizmatlarni körsatiş masalalari doimiy eʼtiborda. Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlaş ham ijtimoiy xodim faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.

Xususan, 12 nafar fuqaroga nogironlik guruhini belgilaş, qayta belgilaş yoki özgartiriş böyiça tegişli arizalar kiritilib, masalalar ijobiy hal etildi. Şuningdek, nogironligi bölgan 9 nafar şaxsga protez-ortopediya buyumlari hamda reabilitatsiya texnik vositalarini xarid qiliş uçun subsidiyalar ajratildi. Ayni paytda soğliğida muammolari bölgan yana uç nafar fuqaroga nogironlikni belgilaş masalasida kömaklaşiş maqsadida Ohangaron tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga arizalar kiritilgan.
– Mahallada ijtimoiy ahvoli oğir bölgan 12 ta oila bilan işlaş uçun keyslar oçilgan, – deydi Ohangaron tumanidagi Ğöşsoy mahallasi kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi xodimi Pokiza Ernazarova. – Bugungi kunda ularga manzilli ijtimoiy xizmatlar körsatilmoqda. Har bir oilaning muammosi alohida örganilib, uni bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar belgilanmoqda. Şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan ikki nafar fuqaroga “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida vauçerlar şakllantirildi. Bu ularning kundalik hayotdagi faolligini oşiriş, zarur xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

Prezidentimizning 2026-yil 28-oktabrdagi “Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq, mahallada jami 60 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilangan. Şundan 36 nafariga yordam avtomatik tarzda, yana 24 nafariga esa mahalla yettiligining xulosasi asosida 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam berilişi közda tutilgan. Albatta, bu raqamlar ortida insonlar taqdiri, oilalar hayotidagi özgarişlar va kimningdir köngliga kirib borgan eʼtibor mujassam.
Ijtimoiy xodim P.Ernazarovaning faoliyatida ezgu maqsad ustuvor. Çunki baʼzan öz vaqtida körsatilgan yordam, samimiy munosabat va eʼtibor inson hayotida katta özgarişlarga sabab böladi. Yaxşilikning eng gözal manzili esa, şubhasiz, inson qalbidir.
A.Musayev,ÖzA