Özbekiston delegatsiyasining Ibn Sino merosini örganiş böyiça ekspeditsiyasi boşlandi
Abu Ali ibn Sino – jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan buyuk qomusiy olim. Uning boy ilmiy merosini örganiş maqsadida Hindistonga uyuştirilgan tarixiy ilmiy ekspeditsiya ikki xalq örtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni yangi bosqiçga kötaradi.
“Ibn Sino” jamoat fondi taşabbusi bilan allomaning boy ilmiy merosi hamda qölyozmalarini örganişga bağişlangan Özbekiston delegatsiyasining Hindistonga ilk tarixiy ekspeditsiyasi boşlandi.
“Abu Ali ibn Sino: Qölyozmalar – Ilm-fan – Hayot” deb nomlangan loyiha ikki mamlakat olimlari örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi.

Ekspeditsiyaning dastlabki kunlarida Özbekistonning Hindistondagi elçixonasida ilmiy konferensiya taşkil etildi. Uni Özbekistonning uşbu davlatdagi elçisi Sardor Rustamboyev, Fond boşqaruvi raisi Nozimxon Mahmudov va Hindistondagi Ibn Sino Akademiyasi prezidenti Hakim Sayyid Zillur Rahmon oçib berdi.
Konferensiyada allomaning tibbiyot rivojiga qöşgan hissasi muhokama qilindi. Şuningdek, “Ibn Sino” jamoat fondi va Hindistondagi Ibn Sino Akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

– Uşbu hujjat qöşma tadqiqotlar va noyob qölyozmalarni tarjima qilişga poydevor yaratadi, – deydi Nozimxon Mahmudov. – Uşbu akademiya 2000-yilda Hakim Sayyid Zillur Rahmon tomonidan taşkil etilgan bölib, buyuk allomaning boy ilmiy merosi hamda Yunon tibbiyoti tarixini çuqur örganiş va tarğib etişga ixtisoslaşgan nufuzli notijorat ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi. Muassasa qoşidagi noyob qölyozmalar saqlanadigan boy kutubxona va muzey dunyo olimlarini birlaştiruvçi muhim köprik vazifasini bajarmoqda.
Tadbir doirasida Ibn Sino merosini tarğib etişga hissa qöşgan bir qator taşkilotlar fondning maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Safar birgina anjuman bilan çeklanmaydi. Nyu-Dehli, Ğoziobod va Aligarh şaharlarida yana konferensiyalar, forum, simpozium hamda qator uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Mohigul Qosimova,
ÖzA