OKMK motokrossçilari Özbekiston kubogi musobaqasida ğolib bölişdi
Joriy yilning 7–8-noyabr kunlari Olmaliq şahrida motokross böyiça oçiq Özbekiston kubogi musobaqasi yuqori saviyada taşkil etildi. Uşbu şiddatli bellaşuvlarda yurtimizning barça viloyatlaridan hamda qöşni Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston davlatlaridan kelgan 80 dan ortiq mahoratli sportçilar ğoliblik uçun kuraş olib borişdi.
Musobaqada OKMK Texnik sport klubi vakillari ham iştirok etib, yurtimiz şarafini munosib himoya qilişdi. Murabbiy Andrey Sazonov boşçiligidagi kombinat motokrossçilari yuksak mahorat va matonat körsatib, yakunda jamoaviy hisobda faxrli 1-örinni egallaşdi va Özbekiston kubogiga sazovor bölişdi.

Vakillarimiz yuqori natijalarni qayd etib, umumjamoa ğalabasiga munosib hissa qöşişdi. Xususan, öz toifalarida Arslan Ostonov, Yaroslav Maslennikov, ösmirlar örtasida Oybek Qobuljonov, kattalar örtasida Emran Ablyazov hamda 35 yoşdan oşgan sportçilar orasida Andrey Sazonovlar faxrli 1-örinni egallaşdi.
Şuningdek, erkin toifada Andrey Sazonov 2-öringa loyiq körildi. Şevket Suleymanov, Sergey Vinogradov, erkin toifada Emran Ablyazov hamda kajavali mototsikllar musobaqasida Abrorbek Jumanov va Bedri Akimov ekipaji öz toifalarida kuçli uçlikni yakunlab, 3-öringa sazovor bölişdi.
ÖzA