Yaşil taraqqiyot sari: Özbekistonning iqlim barqarorligi yölidagi taşabbuslari
Dunyo şiddat bilan özgarib, global taraqqiyot yangi bosqiçga qadam qöyar ekan, bugun insoniyat iqlim özgarişi, suv taqçilligi, ekotizimlar tanazzuli va tabiiy resurslar kamayişi kabi ötkir ekologik tahdidlar qarşisida turibdi.
Heç bir mamlakat çetda turolmaydigan bunday masʼuliyatli davrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida ilgari surgan taşabbuslari nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining ekologik xavfsizligini taʼminlaşda hal qiluvçi tayançga aylanmoqda.
Mamlakatimizda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar zamirida aynan mana şu soğlom va uzoqni közlagan yondaşuv yotibdi. Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global saʼy-harakatlarni izçil qöllab-quvvatlab, yangi taraqqiyot modelini aynan “yaşil” texnologiya asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda. Iqtisodiyot tarmoğida uglerod sarfini jadal surʼatda kamaytiriş böyiça erişilgan natijalar esa buning yaqqol dalilidir.

Xususan, mamlakatimiz yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. Bugungi kunga kelib esa 2035-yilga qadar zararli çiqindilarni 50 foizga kamaytiriş böyiça yangi, yanada yuksak marra belgilandi. Taraqqiyot va tabiat qonunlari örtasida buzilgan muvozanatni tiklaş uçun “yaşil” energiya hajmini muntazam oşirib boriş talab etiladi. Şu bois yaqin tört yilda Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini 54 foizga yetkaziş közda tutilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasi iqlim özgarişi taʼsiriga eng köp duçor bölayotgan hududlardan biridir. Muzliklar erişi, suv tanqisligi va qurğoqçilik xatarlarining kölami ortib borayotgan bir şaroitda Özbekiston suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça öz oldiga qatʼiy majburiyatlar qöygan.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tizimli saʼy-harakatlar allaqaçon özining ijobiy natijasini bermoqda. Sönggi ön yil içida iqtisodiyotimizda suv sarfi deyarli ikki baravarga, tabiiy havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaydi. Qişloq xöjaligida suvni tejovçi ilğor texnologiyalar joriy etilişi natijasida bugungi kunda suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizi uşbu tizim orqali suğorilmoqda.
Bundan taşqari, Orol dengizi fojiasining salbiy oqibatlarini yumşatiş borasida çinakam fidoyilik namunasi körsatilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda örmonzorlar maydoni olti million gektarga yetkazildi. Uning uçdan bir qismi aynan Orolböyi hududiga töğri keladi. Şu bilan birga, kelgusi yildan Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qilişi va transçegaraviy suv havzalarini boşqarişdek masʼuliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oşirişga tayyorligi alohida eʼtirofga loyiq. Şuningdek, uç milliard dollardan ortiq investitsiya yönaltiriladigan Çiqindilarni boşqariş strategiyasining qabul qilinişi ekologik toza muhit yaratişda muhim qadam böldi.
Qolaversa, Prezidentimiz öz nutqida yoşlarning ekologik tarbiyasiga alohida töxtalib ötdi. Yurtimizning har beşinçi fuqarosi maktab öquvçisi yoki talaba ekani hisobga olinsa, bolalarning ekologik taʼlimi oila, mahalla va maktab faoliyati uyğunligi asosida yölga qöyilgani katta ahamiyatga ega. Tizimli ekologik taʼlim-tarbiya tufayli 2050-yilga qadar Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatni asraş böyiça puxta bilimga ega bölişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, iqlim muammolariga heç bir davlat yolğiz holda yeçim topa olmasligini anglagan holda, Özbekiston rahbari Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusini ilgari surdi. Uşbu hamkorlik uçta asosiy yönaliş:
– Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida erta ogohlantiriş va monitoring qiliş tizimini yaratiş;
– Tuproqni qayta tiklaş va “Eco Expo” körgazmasini doimiy investitsiya maydoniga aylantiriş;
– Imtiyozli grantlar va “moviy”, “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqişdan boşlanişi taklif etildi.
Eng muhimi, yuqorida qayd etilgan saʼy-harakatlarning barçasi mamlakatimizda qabul qilingan strategik hujjatlarda öz ifodasini topgan. Xususan, Özbekistonda sönggi yillarda iqlim borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar, jumladan, “Özbekiston – 2030” strategiyasida ham alohida yönaliş sifatida ustuvor vazifa qilib belgilangani bu boradagi siyosatning naqadar izçil va puxta öylanganini körsatadi.
Strategiyada atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, “yaşil” iqtisodiyotga ötişni jadallaştiriş hamda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatiş davlat siyosatining boş böğini sifatida muhrlab qöyilgan.
Uşbu strategik yönaliş doirasida bir qator ustuvor vazifalar qatʼiy belgilangan. Xususan, sanoat çiqindilarini keskin kamaytiriş va zamonaviy ekotexnologiyalarni joriy etiş orqali işlab çiqariş tarmoqlarini ekologik xavfsiz standartlarga ötkaziş közda tutilgan. Şu bilan birga, qişloq xöjaligida suvni tejovçi texnologiyalar kölamini yanada kengaytiriş hisobiga suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş va kelajak avlod uçun suv zaxiralarini kafolatli saqlab qoliş muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan taşqari, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini izçil davom ettiriş hamda hududlarda yaşil maydonlar va boğlarni köpaytiriş orqali urbanizatsiya şaroitida ekologik muvozanatni barqaror saqlaş maqsad qilingan.
Xulosa qilib aytganda, Özbekistonning iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş borasidagi saʼy-harakati mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli strategik maqsadlari bilan uzviy boğliqdir. Prezidentimiz tomonidan BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida ilgari surilgan taşabbuslar esa uşbu yönalişdagi milliy islohotlarga yangi surʼat bağişlaş barobarida, Markaziy Osiyo davlatlari örtasida ekologik hamjihatlik va amaliy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Zero, “yaşil” iqtisodiyotni rivojlantiriş, suv va yer resurslarini asrab-avaylaş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy etiş hamda yoş avlodda ekologik madaniyatni şakllantiriş bugungi kunning dolzarb vazifasigina emas, balki kelajak avlodlar oldidagi muhim masʼuliyatdir.
Mavluda ADHAMJONOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qiliş masalalari qömitasi aʼzosi.
ÖzA