Janubiy Koreyada tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot va mehnat sohasida muhim kelişuvlarga erişildi
Koreya Respublikasiga taşrif doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva Janubiy Koreya tadbirkor ayollari assotsiatsiyasi raisi Pak Çan Suk va işbilarmon doiralar vakillari bilan uçraşdi.
Assotsiatsiya raisi Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, 3,5 millionga yaqin tadbirkor ayolni birlaştirgan assotsiatsiyaning hamkorlikka qiziqişini bildirdi.
“The Skin”, “Sooho Global” va “Metal Heater Solution” kompaniyalari vakillari kosmetika sanoati, eksport, marketing, suv taʼminoti va ekologik mahsulotlar işlab çiqariş sohalarida hamkorlik böyiça takliflarini ilgari surdi.
Tadbirkor ayollar örtasida töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş, qöşma öquv dasturlari va investitsiya loyihalarini amalga oşirişga eʼtibor qaratildi.
***
Janubiy Koreyaning yetakçi “NAVER Corporation” va “Kakao Corporation” kompaniyalari vakillari bilan muzokaralarda Özbekistonda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgani, axborot texnologiyalari sohasidagi islohotlar hamda yoş mutaxassislarning yuqori salohiyati eʼtirof etildi.

Tomonlar suveren sunʼiy intellekt, elektron tölov tizimlari, raqamli davlat xizmatlari va startap-ekotizimni rivojlantiriş yönalişlarida qöşma loyihalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş imkoniyatlarini örganişga tayyorligini bildirdi.

***
Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vaziri Kim Yung Xun bilan uçraşuvda ikki mamlakat örtasida bandlik, mehnat migratsiyasi, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiliş sohalarida hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Kim Yung Xun Özbekiston bilan uşbu yönalişlardagi hamkorlikni yuqori baholab, özaro aloqalarni yanada rivojlantirişdan manfaatdorligini taʼkidladi.
Janubiy Koreya kompaniyalarini Özbekiston bilan hamkorlikka jalb etiş, iş beruvçilar talablariga mos malakali kadrlar tayyorlaş va ularni şaffof tanlov asosida işga joylaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
BMTning Global akselerator taşabbusi doirasida norasmiy bandlikni qisqartiriş, ijtimoiy himoyani kengaytiriş hamda yoşlarni kasbga tayyorlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Mehnat vaziri Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qiliş, tibbiy suğurta va kompensatsiya tölovlari bilan boğliq masalalarda amaliy yordam körsatişga tayyorligini maʼlum qildi.
N.Abduraimova,
ÖzA