Iqlim özgarişi şaroitida taraqqiyot va masʼuliyat uyğunligi
Sönggi yillarda Özbekistonda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatiş, ekologik xavfsizlikni taʼminlaş hamda iqtisodiyotni "yaşil" taraqqiyot tamoyillari asosida rivojlantiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini kengaytiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududlarni kökalamzorlaştiriş, Orolböyida ekologik vaziyatni yaxşilaş va çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda.
Biroq global isiş, suv taqçilligi, çöllaniş, biologik xilma-xillikning qisqarişi va atrof-muhit ifloslanişi endi faqat ekologik muammo emas. Ular iqtisodiy taraqqiyot, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi hamda davlatlar barqarorligiga bevosita taʼsir körsatayotgan jiddiy omillardir.
Ana şunday murakkab şaroitda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida ilgari surgan taşabbuslari alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari öz nutqida yurtimizda amalga oşirilayotgan ekologik islohotlar va ularning natijalari bilan birga, butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun umumiy bölgan iqlim muammolarini hamjihatlikda hal etişning aniq yönalişlarini belgilab berdi.

Eʼtiborli jihati şundaki, Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşişni faqat tabiatni muhofaza qilişga qaratilgan alohida vazifa emas, balki mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi bilan çambarças boğliq jarayon sifatida körmoqda. Çunki iqtisodiy ösiş va ekologik barqarorlik bir-biriga zid tuşunçalar emas, aksinça, ularning uyğunligi zamonaviy rivojlanişning muhim şartidir.
Şu nuqtai nazardan, parlament zimmasiga ham dolzarb vazifalar yuklanadi. Xususan, “yaşil” iqtisodiyotni rağbatlantiriş, ekologik standartlarni takomillaştiriş, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etayotgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş hamda sohadagi investitsiyaviy muhitni yaxşilaşga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni yanada rivojlantiriş ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyo uçun iqlim özgarişining eng jiddiy oqibatlaridan biri suv resurslari bilan boğliq. Muzliklarning erişi, daryolar oqimining özgarişi, qurğoqçilik va obihayotga bölgan talabning ortişi mintaqadagi barça davlatlar oldiga yangi çaqiriqlarni qöymoqda.
Ayniqsa, qişloq xöjaligi iqtisodiyotda muhim örin tutadigan Özbekiston uçun suvdan oqilona foydalaniş strategik masaladir. Zero, mavjud resurslarni asraş nafaqat bugungi işlab çiqariş hajmi, balki ertangi oziq-ovqat xavfsizligi, aholi farovonligi va hududlar ravnaqi bilan ham bevosita boğliq.
Davlatimiz rahbari nutqida keltirilgan raqamlar bu borada amalga oşirilayotgan işlar kölamini yaqqol namoyon etadi. Jumladan, sönggi ön yilda iqtisodiyot tarmoqlarida suv sarfi deyarli ikki barobarga, tabiiy manbalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga qisqardi. Suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etildi.
Albatta, erişilgan natijalar bilan çeklanib qoliş mumkin emas. Suvdan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş, zamonaviy hisobga oliş tizimlarini kengaytiriş, kanal va irrigatsiya tarmoqlaridagi yöqotişlarni kamaytiriş hamda qişloq xöjaligida tejamkor texnologiyalarni ommalaştiriş oldimizda turgan dolzarb vazifalardir.
Bu jarayonda qonunçilikning örni ham beqiyos. Suv resurslaridan foydalanişda tejamkorlik va masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlaş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş uçun iqtisodiy rağbatlar yaratiş, suv hisobini raqamlaştiriş va nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş zarur. Zero, suvni asraş nafaqat qişloq xöjaligi xodimining, balki butun jamiyatning umumiy burçidir.
Prezidentimiz nutqida yoş avlodning ekologik taʼlimi va tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Zero, tabiatni asraş, suvni tejaş, daraxtlarni parvarişlaş va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş kabi qadriyatlar inson ongida bolalikdan şakllanişi kerak.
Xalqimizda “Daraxtdan meva olaman desang, uni nihol paytidan boşlab parvariş qil”, degan hikmat bor. Bu naql ekologik taʼlim-tarbiyaning mohiyatini ham töla ifoda etadi. Bugun farzandlarimizda tabiatga mehr, ekologik masʼuliyat va tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalaniş könikmalarini şakllantirsak, ertaga bu tamoyillar jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanadi.
Şu bois ekologik taʼlimni nazariy bilimlar bilan çeklab qöymaslik lozim. Maktablarda köçat ekiş va parvarişlaş, çiqindilarni saralaş, suv va elektr energiyasini tejaş, mahalliy ekologik muammolarni örganişga qaratilgan amaliy maşğulotlarni kengaytiriş maqsadga muvofiq. Yoşlarning ekologik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş esa ularning ijtimoiy faolligini yanada oşiradi.
Xulosa qilib aytganda, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, suv resurslarini asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş bugungi kunning dolzarb vazifasi bölişi bilan birga, kelajak avlodlar oldidagi ulkan burçimiz hamdir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar milliy islohotlarni mintaqaviy hamkorlik bilan uyğunlaştirib, Markaziy Osiyoda ekologik barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu boradagi saʼy-harakatlar samarasi har bir fuqaroning tabiatga masʼuliyatli munosabati, qonunçilik talablariga rioya etişi va amaliy iştiroki bilan belgilanadi. Zero, tabiatni asraş nafaqat bugungi taraqqiyot, balki ertangi farovon hayotning ham muhim kafolatidir.
Gulnoraxon ABDUVOHIDOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat,
soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi aʼzosi.
ÖzA