Yaşil iqtisodiyot sari muhim qadam
Ohangaron tumanida qattiq maişiy çiqindilarni termik qayta işlaş orqali elektr energiyasi işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik investitsiya loyihasining asosiy binosi qurilib, birinçi bosqiç işlari yakuniga yetkazildi.
Şu munosabat bilan taşkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimi Bahrom Norqobilov, korxona vakillari, masʼul taşkilotlar rahbarlari hamda loyihani amalga oşirişda iştirok etgan mutasaddilar qatnaşdi. Yangi Hayot mahallasi hududida barpo etilayotgan mazkur loyiha mamlakatimizda muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş, maişiy çiqindilarni samarali boşqariş va ekologik barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan muhim taşabbuslardan biri hisoblanadi.

Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi B.Norqobilov loyihaning mamlakatimiz iqtisodiyoti, energetika sohasi hamda ekologik muhit uçun ahamiyatiga alohida töxtaldi.
Taʼkidlanganidek, qattiq maişiy çiqindilarni qayta işlaş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, energiya taʼminoti imkoniyatlarini kengaytiriş va atrof-muhitga tuşayotgan ekologik yukni kamaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, bunday yirik investitsiyaviy loyihalar hududning iqtisodiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qilişi qayd etildi. Loyihani amalga oşiriş jarayonida tuman hokimligi tomonidan zarur taşkiliy masalalarni hal etiş va kommunikatsiya infratuzilmasi bilan boğliq yönalişlarda kömak körsatilgani taʼkidlandi.

Tadbir davomida korxona vakillari loyihaning amalga oşiriliş jarayoni, quriliş işlarining borişi, işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar hamda kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berdi. Taʼkidlaş joizki, mazkur loyiha Prezidentning 2025-yil 24-martdagi “Toşkent şahri, Toşkent va Andijon viloyatlarida qattiq maişiy çiqindilarni yoqiş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş” investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida Xitoyning “China CAMC Engineering” kompaniyasi iştirokida amalga oşirilmoqda. Umumiy qiymati 240 million AQŞ dollarini taşkil etuvçi loyiha töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalaştirilgan.

Korxona yiliga 912 ming tonna qattiq maişiy çiqindini termik qayta işlaş quvvatiga ega bölib, natijada yil davomida 390 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş rejalaştirilgan. Bu esa çiqindilarni faqat utilizatsiya qilinişi lozim bölgan maişiy qoldiq sifatida emas, balki qayta işlaş orqali iqtisodiy qiymat yaratiş mumkin bölgan resurs sifatida baholaş imkonini beradi.

Loyihaning keyingi bosqiçlarida texnologik uskunalarni örnatiş, tegişli montaj işlarini amalga oşiriş va işlab çiqariş tizimini tayyorlaş böyiça işlar davom ettiriladi. Uşbu yirik investitsiya loyihasining töliq amalga oşirilişi çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş, energetika resurslarini köpaytiriş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va Ohangaron tumanining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
A. Musayev, ÖzA