Zamonaviy taʼlim va innovatsiyalar uçun yangi imkoniyatlar
Bugun oliy taʼlim muassasalari faoliyati faqatgina talabalarga bilim beriş bilan çeklanmaydi. Zamonaviy universitet ilm-fan, innovatsiya, raqamli texnologiyalar va amaliy izlanişlar uyğunlaşgan, yoşlarning salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qiladigan maskanga aylanişi zarur. Şu nuqtai nazardan, Buxoro davlat universitetida taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyatni mustahkamlaş va zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyevning universitetga taşrifi davomida mazkur yönalişlardagi işlar, erişilgan natijalar va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanişildi.
Dastlab “Yagona darça” tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan Registrator ofisi közdan keçirildi. Bu yerda raqamlaştirilgan tizim orqali talabalarga 60 turdagi xizmat körsatilişi taʼlim muassasasida maʼmuriy jarayonlarni soddalaştiriş, vaqtni tejaş va xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan. Şuningdek, dars jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatiş va monitoring qiliş imkonini beruvçi markazlaşgan Situatsion markaz faoliyati bilan tanişildi.
Universitetning 2700 örinli yangi öquv binosida esa zamonaviy auditoriyalar, taʼlim jarayoni uçun yaratilgan şaroitlar va ilğor texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlari közdan keçirildi. Bunday infratuzilma taʼlim oluvçilar uçun qulay muhit yaratiş bilan birga, öqitişning yangi usullarini joriy etiş va bilim beriş samaradorligini oşirişga ham xizmat qiladi.
Taşrifning muhim yönalişlaridan biri robototexnika va sunʼiy intellekt sohasidagi imkoniyatlar bilan tanişiş böldi. “Robots and Me” robototexnika markazi hamda Robototexnika va sunʼiy intellekt akademiyasi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu yerda yoşlarni dasturlaş, muhandislik, robototexnika va sunʼiy intellekt yönalişlariga jalb etiş, ularda nazariy bilimlarni amaliyot bilan boğlaş könikmalarini şakllantiriş uçun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Zero, bugungi mehnat bozori va texnologik taraqqiyot oliy maʼlumotli mutaxassisdan nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlaş, muammolarga innovatsion yeçim topiş va zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş qobiliyatini ham talab etmoqda. Şu maʼnoda, universitetda mazkur yönalişlarga eʼtibor qaratilayotgani kelajak mutaxassislarini tayyorlaş jarayonining muhim tarkibiy qismidir.

Vazir örinbosari universitet Axborot-resurs markazida ham bölib, öquv va ilmiy adabiyotlar fondi, talabalarning darslik va öquv qöllanmalari bilan taʼminlanganlik holati, mustaqil taʼlim oliş uçun yaratilgan şaroitlarni örgandi. Şuningdek, futbol maydonida talabalarning sport bilan muntazam şuğullanişi, jismoniy faolligini oşiriş va soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga qaratilgan imkoniyatlar bilan tanişildi.
Qayd etiş joizki, universitetda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari sezilarli moliyaviy va taşkiliy resurslarni talab etmoqda. Xususan, oliy taʼlim muassasasining öz mablağlari hisobidan 86,5 milliard söm yönaltirilib, yangi öquv binosi, Quyoş fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi hamda 400 örinli talabalar turar joyi barpo etilgan.
Bu loyihalarning ahamiyati şundaki, ular universitetning faqat moddiy-texnik bazasini kengaytiriş bilan çeklanmaydi. Ilmiy tadqiqot olib boriş, zamonaviy bilimlarni egallaş, talabalarning yaşaş va taʼlim oliş şaroitlarini yaxşilaş uçun özaro boğliq muhitni şakllantiradi.
Taşrif davomida Prezidentimiz taşabbusi bilan 30,2 gektar maydonda barpo etilayotgan Buxoro davlat universitetining yangi zamonaviy kampusi istiqbollariga ham eʼtibor qaratildi. Mazkur yirik loyiha doirasida 20 ming örinli öquv binolari va 5400 örinli talabalar turar joylarini quriş rejalaştirilgan.

Yangi kampusning barpo etilişi universitet taraqqiyotida muhim bosqiç bölişi kutilmoqda. Çunki bugun oliy taʼlim muassasasining raqobatbardoşligi uning binolari yoki auditoriyalari soni bilangina emas, balki taʼlim, ilm-fan, innovatsiya va talabalar hayotini yagona tizimda taşkil eta olişi bilan ham belgilanadi. Kampus loyihasi esa ana şu vazifalarni kompleks hal etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Taşrif yakunida taʼlim sifatini taʼminlaş, öquv jarayonlarini raqamlaştiriş, talabalarni zarur adabiyotlar bilan taʼminlaş, robototexnika va sunʼiy intellekt kabi istiqbolli sohalarni rivojlantiriş, şuningdek, öquv va sport infratuzilmasini yanada takomillaştiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Eng muhimi, universitetda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va yangilanişlar zamirida yoşlarga sifatli taʼlim beriş, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etişdek ustuvor maqsadlar mujassam. Prezidentimiz taşabbusi bilan oliy taʼlim tizimida zamonaviy bilim va innovatsiyalarga keng yöl oçişga qaratilgan islohotlar Buxoro davlat universiteti misolida ham özining amaliy ifodasini topmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri