76,5 milliondan ortiq davlat xizmatlari körsatildi: bu jarayonda qanday yutuq va kamçiliklar bor?
Mamlakatimizda davlat xizmatlarini raqamlaştiriş va byurokratiyaga çek qöyiş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Tizim inson omilini kamaytiriş va şaffoflikni oşiriş sari dadil qadam taşlayotgan bölsa-da, sohada hali öz yeçimini kutayotgan kamçiliklar ham yöq emas.
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti rahbari Eldor Mahkamov bilan tizimdagi eng sönggi yangiliklar, demografik körsatkiçlar va aniqlangan qonunbuzilişlar haqida suhbatlaşdik.

– Davlat xizmatlarini tahlil qiliş va rivojlantiriş yönalişida huquqiy bazani mustahkamlaş maqsadida 23 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqildi.
Uşbu yangi hujjatlar fuqarolar va tadbirkorlarning hayotini sezilarli darajada yengillaştirişga qaratilgan. Xususan, ularda 36 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş muddatlarini qisqartiriş, ariza beruvçilarning xohişiga köra 9 turdagi hujjatlarni tezlaştirilgan tartibda beriş nazarda tutilgan. Eng muhimi, ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş maqsadida 207 ta majburiy talab butunlay bekor qilindi.
Sohaga jamoatçilik nazoratini olib kiriş maqsadida litsenziyasiz faoliyat haqida xabar bergan şaxslarga jarimaning 10 foizi miqdorida pul mukofoti beriş tartibi belgilandi.
Talabalar uçun esa yana bir qulaylik – turar joylarga qabul qiliniş jarayoni proaktiv (inson omilisiz, avtomatik) şaklga ötkazilmoqda. Umumiy hisobda 178 ta davlat xizmatini körsatiş tartibi soddalaştirilib, davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali körsatiladigan xizmatlar soni 624 taga yetkazildi.
Biznes jarayonlarini reinjiniring qiliş usullari orqali 40 turdagi ortiqça maʼlumot va hujjatlar tizimdan çiqarib taşlandi.
– Joriy yilda davlat xizmatlari markazlarida qança xizmat körsatildi?
– Bu davrda markazlar tomonidan jami 76,5 milliondan ortiq xizmat körsatildi. Eʼtiborli jihati, aholining raqamli könikmalari oşib borayotgani sababli xizmatlarning qariyb 86 foizi (65,6 milliondan ortiği) onlayn şaklda amalga oşirildi. Oflayn, yaʼni bevosita markazga kelib olingan xizmatlar esa 10,9 millionni taşkil etdi.
Bu davrda markazlarda örtaça xizmat körsatiş vaqti atigi 4 daqiqani taşkil etgani tizimning tezkorligidan dalolat beradi. Şu bilan birga, markazlar orqali 68 mingdan ziyod yuridik şaxs va 188 mingdan ortiq jismoniy şaxs röyxatdan ötkazildi.
– Aholi qaysi davlat xizmatlaridan köproq foydalanmoqda?
– Aholi örtasida eng ommabop bölgan “TOP-5” xizmatlarni sanab ötadigan bölsak, bular – kredit bitimiga taqiq qöyiş yoki uni olib taşlaş (6,9 million), mehnat faoliyati töğrisida maʼlumotnoma oliş (5,7 million), doimiy yaşaş joyi töğrisida maʼlumotnoma (4,5 million), hisoblangan iş haqi töğrisida maʼlumotnoma (4,2 million), bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlaş (2,6 million) kabilardir.
Markazlarda kunlik örtaça foydalanuvçilar soni 79 ming atrofida bölsa, tiğiz kunlarda bu körsatkiç 141 ming nafargaça yetgan. Soatlar kesimidagi tahlillarga köra, aholi eng köp taşrif buyuradigan vaqt soat 10:00 dan 11:00 gaça bölgan oraliqdir (17 mingdan ortiq taşrif).
Mahallalarda örnatilgan 197 ta maxsus infokiosklar esa çekka hududlardagi aholiga markazga kelmasdan 98 mingdan ortiq xizmatdan foydalaniş imkonini bermoqda.
– Bugungi kunda Özbekistondagi demografik manzara qanday?
– FHDYO organlari tomonidan körsatilgan xizmatlarda ham raqamlaştiriş darajasi yuqori – onlayn xizmatlar uluşi rejadagi 70 foiz örniga 70,7 foizni taşkil etdi. Jami 989 mingdan ziyod xizmat körsatilgan bölsa, şundan 87 mingdan ortiği sayyor (mobil) şaklda taşkil etildi.
Statistika mamlakatimizdagi demografik ösiş barqaror ekanini körsatmoqda: joriy yil 9 oyida 647 ming 723 ta tuğiliş qayd etilgan bölib, ularning 15 ming 316 tasini egizaklar taşkil etgan. Şu bilan birga, 172 ming 29 ta nikoh tuzilgan bölib, nikohlanuvçilarning örtaça yoşi erkaklar uçun 27,1, ayollar uçun esa 22,4 yoşni taşkil etdi.
Nikohlanuvçilarning katta qismi (143 mingdan ortiği) 30 yoşgaça bölgan yoşlar. Biroq hayotda rekordlar ham uçrab turadi: eng yoşi katta kuyov 89 yoşda, kelin esa 82 yoşda oila qurgan.
Jamiyatda huquqiy madaniyatning yuksalayotgani belgisi sifatida 31 ming 869 ta nikoh şartnomasi rasmiylaştirilganini aytiş örinli. Erta ajrimlar (1 yilgaça bölganlar) soni esa 1 ming 705 tani taşkil etdi.
– Davlat xizmati körsatiş sohasida sifat nazorati va kamçiliklarga qarşi kuraş qanday yölga qöyilgan?
– Davlat xizmatlari sifatini nazorat qiliş yönalişida fuqarolarning qatʼiy pozitsiyasi va tizimli monitoring öz samarasini bermoqda. Aholining xizmatlardan qanoatlaniş darajasi 98 foizga yetdi, muddat buzilişining oldini oliş körsatkiçi esa 99,88 foizni taşkil etdi.
Umumiy xizmatlar hajmida qonunbuzilişlar uluşi atigi 0,14 foizni taşkil etgan bölsa-da, nazorat tadbirlari davomida 112 ming 208 ta qonunbuzilişi holati aniqlandi.
Quvonarlisi, bu körsatkiç ötgan davrga nisbatan 40,3 foizga kamaygan. Aniqlangan kamçiliklarning asosiy qismi muddat buzilişi (91 mingdan ortiq) va asossiz rad etiş (18,6 ming) holatlari bilan boğliq.
Qonunbuziliş holatlari eng köp kuzatilgan taşkilotlar röyxatida Kadastr agentligi (19 ming 233 ta), “Hududgaztaʼminot” AJ (16 mingdan ziyod) va Transport nazorat inspeksiyasi (11 ming 838 ta) yetakçilik qilmoqda.
Aniqlangan holatlar böyiça 8 ming 144 ta taʼsir çorasi körildi. Natijada 3 ming 221 ta holatda masʼullar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 3 ming 725 ta ogohnoma va 510 ta taqdimnoma kiritildi. 2 ta holat böyiça jinoiy iş qözğatiş haqida taklif (material) rasmiylaştirildi.
Davlat xizmatlari sohasidagi bugungi raqamlar şuni körsatadiki, tizim inson omilini kamaytiriş va şaffoflikni oşiriş sari dadil qadam taşlamoqda.
Maqsad – fuqaro davlat idoralari eşigida sarson bölmasligi, balki bir neça daqiqa içida, kerak bölsa uydan çiqmasdan öz muammosini hal eta olişi zarur. Bu boradagi islohotlar esa izçil davom ettiriladi.
ÖzA muxbiri
Norgul Abduraimova suhbatlaşdi