Yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalaniş va şaxsiy intilişning uyğunlaşgan samarasi
Bugun mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan takomillaştiriş, öqituvçining jamiyatdagi maqomi va obrösini yuksaltiriş, uning mehnatiga munosib haq tölaş hamda kasbiy rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, pedagoglarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar öz bilim va salohiyatini namoyon etişga intilayotgan ustozlar uçun yangi ufqlarni oçmoqda. Buxoro şahridagi 30-umumtaʼlim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi Olima Imomovaning qisqa muddatda erişgan natijalari ana şu imkoniyatlarning hayotiy ifodasidir.
Ustozlik — şunçaki kasb emas. U katta masʼuliyat, sabr-toqat, doimiy izlaniş va öz ustida tinimsiz işlaşni talab etadigan şarafli faoliyatdir. Ayniqsa, boşlanğiç sinf öqituvçisi zimmasidagi vazifa yanada muhim. Çunki bolaning ilk bilimlari, kitobga mehri, mustaqil fikrlaşi, dunyoqaraşi va kelajakdagi intilişlariga aynan şu bosqiçda poydevor qöyiladi.
Şunday ekan, bugun maktab ostonasidan ilk bor qadam qöygan bolajonlarga saboq berayotgan yoş pedagogning har bir yutuği zamirida nafaqat şaxsiy muvaffaqiyat, balki kelajak avlod kamolotiga qöşilayotgan hissa ham mujassam.
Olima Imomova ham pedagogik faoliyatini boşlagan ilk kunlaridanoq bu masʼuliyatni çuqur his etdi. U uçun öqituvçilik faqat dars ötiş, berilgan vazifalarni bajariş bilan çeklanib qolmasligi kerak edi. Zamonaviy pedagog doimo örganişi, yangilikka intilişi, bilim va mahoratini muntazam oşirib borişi zarurligini yaxşi angladi.
Şu bois u öz oldiga aniq maqsad qöydi: tanlagan kasbining haqiqiy egasi böliş, öquvçilariga puxta bilim beriş bilan birga, öz malakasini ham izçil yuksaltiriş.
Bu yöldagi dastlabki qadamlar oson keçmadi, albatta. Dars maşğulotlariga tayyorgarlik, öquvçilar bilan işlaş, yangi pedagogik yondaşuvlarni özlaştiriş, qolaversa, turli sinov va imtihonlarga tayyorgarlik köriş katta mehnat va vaqt talab etadi. Biroq maqsad sari qatʼiyat bilan intilgan inson uçun qiyinçiliklar tösiq emas, aksinça, tajriba maktabiga aylanadi.
Natijada, atigi uç yillik pedagogik faoliyati davomida Olima Imomova fan sertifikatini qölga kiritdi. Attestatsiya sinovlarida ham muvaffaqiyatli iştirok etib, oddiy öqituvçilikdan oliy malaka toifasigaça bölgan masʼuliyatli yölni bosib ötdi.
Bu raqamlar ortida qançadan-qança izlaniş, kitob mutolaasi, öz ustida işlaş va kasbiga sadoqat mujassam. Eng muhimi, yoş muallima erişgan natijalar tasodifiy omad emas, balki yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalaniş va şaxsiy intilişning uyğunlaşgan samarasidir.
Bugun uning oylik daromadi 1000 AQŞ dollariga yetgani ham alohida eʼtiborga molik. Bu holat pedagog mehnatining qadri ortib borayotgani, bilim va malaka iqtisodiy jihatdan ham munosib baholanayotganining yaqqol misolidir.
Aslida, taʼlim sohasidagi islohotlarning eng muhim mezoni ham şu — öqituvçi öz kasbiy mahoratini oşirişdan manfaatdor bölişi, izlanişi va erişgan natijasiga yaraşa rağbat olişi kerak. Çunki mehnati qadrlangan, öz kelajagiga işongan pedagoggina bor bilimi, tajribasi va salohiyatini yoş avlod tarbiyasiga bağişlaydi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan taʼlim sifatini oşiriş, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltiriş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan taşabbuslarning mohiyati ham şunda namoyon böladi. Yaʼni öqituvçiga yaratilgan şaroit, berilgan imkoniyat va munosib rağbat oxir-oqibat maktabdagi taʼlim sifati, öquvçilarning bilimi va jamiyatning intellektual salohiyatida öz ifodasini topadi.

Olima Imomovaning misolida yana bir muhim jihat közga taşlanadi: bugun pedagogik faoliyatda yuqori natijaga erişiş uçun yillar davomida kutiş şart emas. Buning uçun aniq maqsad, mustahkam iroda, muntazam izlaniş va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş zarur. Albatta, uç yilda erişilgan natija uning oldida yanada katta vazifalar va yangi marralar turganini ham anglatadi.
Zero, haqiqiy ustozning yutuği faqat malaka toifasi yoki oylik maoş bilan ölçanmaydi. Uning eng katta boyligi — şogirdlarining bilimi, mustaqil fikri, hayotda öz örnini topayotgani va ustozi bergan saboqlarni qadrlaşidir.
Bugun Olima Imomova erişgan natijalar bir yoş muallimning şaxsiy muvaffaqiyati sifatida eʼtiborga loyiq. Ayni paytda, bu kabi misollar taʼlim sohasidagi islohotlar inson taqdirida, uning kasbiy ösişi va hayot farovonligida qanday namoyon bölayotganini ham körsatadi.
Eng muhimi, maktab ostonasida turgan har bir yoş pedagog öz oldiga katta maqsadlar qöyişi, mehnati va bilimi bilan yuksak natijalarga erişişi mumkinligini anglaydi. Bunday işonç esa nafaqat öqituvçining, balki butun taʼlim tizimining ertangi kuniga bölgan işonçni mustahkamlaydi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri