Yaponiyada işlaş istagidagi özbekistonlik haydovçilar sinovdan ötmoqda
Bugun poytaxtimizdagi "INTIL" xalqaro til va kasb-hunar öquv markazida Yaponiyaning 12 ta transport kompaniyasi vakillari iştirokida avtobus haydovçilarini Yaponiyaga işga qabul qiliş böyiça saralaş bosqiçi ötkazildi.
Özbekiston Migratsiya agentligi, “Vatanparvar” taşkiloti hamda Yaponiyaning “WILLER EXPRESS” va “ONODERA USER RUN” kompaniyalari hamkorligida taşkil etilgan yiğinda “OUR BLOOMING ACADEMY”ning 180 nafar talabasi qatnaşdi. Ularning 40 nafarga yaqini iş beruvçilar bilan bevosita suhbatdan ötib, öz bilim va tajribasini namoyiş etişdi.
Saralaş jarayonida nomzodlarning haydovçilik tajribasi, yöl harakati xavfsizligi böyiça bilimi va kasbiy tayyorgarligi baholandi. Dastur BC, CE yoki D toifali haydovçilik guvohnomasiga ega 19-35 yoşdagi fuqarolar uçun möljallangan.
Yapon tilini N4 darajasida yoki undan yuqori biluvçilar iş beruvçilar bilan töğridan-töğri suhbatlaşiş imkoniyatiga ega bölmoqda. Tilni bilmaydigan nomzodlar esa maxsus kurslarda boşlanğiç darajadan taʼlim oladi.
Dastur doirasida yapon tili va kasbiy tayyorgarlik bepul öqitiladi, şuningdek, iştirokçilar öqiş davrida bepul turar joy bilan ham taʼminlanadi.
[gallery-https://uza.uz/ru/collection/32608]
Musulmon Ziyo,
Otabek Mirsagatov (surat),
ÖzA