Yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Sirdaryo tumanida avtomobilsozlik, tibbiyot, elektrotexnika va quriliş materiallari işlab çiqariş sohalarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Bu borada Xitoy Xalq Respublikasidan taşrif buyurgan 20 nafardan ortiq tadbirkor va investorlar bilan hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.
Tuman hokimi Azizbek Turdimurodov Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayoni tarkibidagi Qizilsu qirğiz avtonom prefekturasi Xalq hukumati gubernatori örinbosari boşçiligidagi delegatsiya vakillari bilan uçraşdi.

Muloqotda tumanning iqtisodiy salohiyati, mavjud infratuzilma imkoniyatlari, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar hamda özaro manfaatli hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, taklif etilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etiş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş bilan boğliq masalalar körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida investitsiya taşabbuslarini amaliy bosqiçga olib çiqiş, yangi iş örinlarini yaratiş va hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş böyiça keyingi vazifalar belgilab olindi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri