Murojaatdan amaliy yeçimgaça
Urganç şahrida Xorazm viloyat sudlari raislari, sudyalar, viloyat adliya va soliq boşqarmalari, Biznes-ombudsmanning hududiy şuʼbasi, Savdo-sanoat palatasining hududiy boşqarmasi, kadastr organlari hamda boşqa mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirokida tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazildi.
Uçraşuvda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida uçrayotgan bank kreditlari böyiça nizolar, garovga qöyilgan mol-mulk bilan boğliq masalalar, soliq tekşiruvlarining qonuniyligi, şuningdek, quriliş jarayonlarida yuzaga kelayotgan kelişmovçiliklar muhokama qilindi.

– Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni örganiş, ularning qonuniy yeçimiga kömaklaşiş va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş Xorazm viloyat sudlari taşabbusi bilan taşkil etilayotgan oçiq muloqotlarning asosiy maqsadidir, – deydi Xorazm viloyat sudi raisi Şuhrat Kamolov. – Taʼkidlaş joizki, har haftaning çorşanba kuni ötkazilayotgan bunday oçiq muloqotlar tadbirkorlar bilan bevosita muloqot örnatiş, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlaş va bartaraf etişga xizmat qilmoqda.

Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, kötarilgan masalalar sudyalar hamda tegişli taşkilotlar vakillari iştirokida atrofliça körib çiqildi. Tadbirkorlarga amaldagi qonunçilik talablari, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qiliş tartibi yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, qöşimça örganişni talab etadigan murojaatlarni vakolatli taşkilotlar bilan hamkorlikda körib çiqiş, mavjud muammolarning qonuniy yeçimini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri