Yaponiya soliqlarni kamaytirish va Xitoy bilan yaqinlashish rejasini e’lon qildi
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi soliqlarni kamaytirish, strategik sanoat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha besh yillik hukumat rejasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, oziq-ovqat va ichimliklar solig‘i 2027-yil aprel oyidan boshlab ikki yil davomida 8 foizdan 1 foizgacha tushirilishi rejalashtirilgan.
Hukumat shuningdek, sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar va kiber xavfsizlik mudofaa tizimiga sarmoyalarni ko‘paytirish niyatida.
Tashqi siyosat haqida gapirar ekan, bosh vazir Xitoy bilan “konstruktiv va barqaror munosabatlar”ni rivojlantirishga qo‘ldan kelgancha harakat qilishini aytdi, shu bilan birga u Pekinni xalqaro maydonda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.
U shuningdek, Yaponiya aholisining kamayib borayotganini “sezdirmay rivojlanayotgan milliy inqiroz” deb ta’rifladi va yil oxiriga qadar uni hal qilish strategiyasini taqdim etishga va’da berdi.
S.Rahimov, O‘zA