Yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiridan fotoreportaj
FOTOREPORTAJ
Yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosim mamlakatimiz hayotidagi eng muhim sanalardan biriga bag‘ishlangan ulkan bayram sifatida keng nishonlandi.
[gallery-31155]
Bayramona bezatilgan maydonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu maqsadlar o‘z ifodasini topdi. Ayniqsa, Yangi Toshkent shahrida barpo etilayotgan zamonaviy infratuzilma, keng ko‘chalar, muhtasham binolar va yashil hududlar Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik siyosati amaliy samarasi ekanini namoyon etdi.
Tantanali marosim davomida san’at ustalarining chiqishlari, milliy va zamonaviy musiqiy dasturlar, rang-barang sahna ko‘rinishlari bayram kayfiyatini yanada yuksaltirdi.
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA