Mustaqillik bayrami shodiyonalaridan fotoreportaj
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tantanali marosim yurtimizning bunyodkorlik salohiyati, xalqimizning birdamligi va ezgu intilishlarini yana bir bor namoyon etdi.
Zamonaviy me’moriy yechimlar asosida barpo etilayotgan Yangi Toshkentda o‘tkazilgan bayram tadbiri o‘zining yuksak saviyasi va mazmun-mohiyati bilan ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
[gallery-31156]
Marosim davomida milliy an’analar va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligi, mamlakatimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar, tinchlik va farovonlikni ulug‘lovchi sahna chiqishlari namoyish etildi. Bayram maydonidagi har bir lahza, har bir chehradagi quvonch va g‘urur tuyg‘usi fotokamera ob’ektivi orqali muhrlandi.
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA