Yangi Toşkent va hududlarda yirik şaharsozlik loyihalari uçun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş maqsadida Yangi Toşkent va Samarqandda yirik şaharsozlik loyihalari uçun maxsus huquqiy rejim va imtiyozlar joriy etildi.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, şaharsozlik va turizm obʼektlarini barpo etişda zamonaviy yeçimlar hamda yetakçi xalqaro brendlarni jalb qiliş maqsadida 2026-yil 10-noyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan poytaxt va Samarqand şaharlarida infratuzilmaga tuşadigan yuklamani optimallaştiriş, maʼmuriy tösiqlarni bartaraf etiş va uzoq muddatda özini qoplaydigan yirik investitsiya loyihalarini jadallaştirişga qaratilgan qator yangi mexanizmlar yölga qöyilmoqda.
Xususan, Farmonga muvofiq Yangi Toşkent şahri (19 720,9 gektar) hamda Samarqand şahridagi «Şirin» zamonaviy işbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi (665,15 gektar) hududlarida qiymati 50 million AQŞ dollari va undan yuqori bölgan yirik loyihalar uçun «tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etildi. Uşbu rejim balandligi 200 metrdan ortiq osmonöpar binolar (Iconic Tower), nufuzli mehmonxona majmualari, savdo va biznes markazlari, köngiloçar tematik parklar, tibbiyot, taʼlim hamda madaniyat obʼektlarini barpo etişni qamrab oladi. Bunda savdo, turizm va xizmat körsatiş sohasidagi loyihalar uçun yetakçi xalqaro brendlarni jalb qiliş asosiy şartlardan biri etib belgilandi.
Investorlar uçun «davlat — investitsiyaviy şerik» tamoyili asosida misli körilmagan soliq va bojxona preferensiyalari taqdim etilmoqda. Jumladan, loyiha obʼektlarini ijaraga beriş va sotişdan olingan foyda soliği stavkasi investitsiya hajmiga qarab 1 foiz etib belgilandi (50 mln dollardan oşsa — 5 yil, 100 mln dollardan oşsa — 10 yil, 500 mln dollardan oşsa — 15 yil davomida). Şuningdek, tadbirkorlik subʼektlari 20 yil muddatga mol-mulk va yer soliğidan, 2040-yil 1-yanvarga qadar Özbekiston hududiga qayta investitsiya qilinadigan dividendlar soliğidan hamda quriliş davrida öz ehtiyojlari uçun olib kiriladigan texnika, uskuna va quriliş materiallari uçun bojxona bojlaridan ozod qilinadi.
Bundan taşqari, xorijiy davlatlardan jalb qilinadigan yuqori malakali arxitektor, loyihaçi va muhandislar uçun uç yilgaça daromad va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz miqdorida örnatilib, viza va yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötiş yiğimlari bekor qilindi.
Şaharsozlik va quriliş tartib-taomillarini soddalaştiriş maqsadida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini hududiy kengaşlar bilan kelişiş tartibi bekor qilinib, bu vakolat tegişli direksiyalarga ötkazildi.
Endilikda taşabbuskorlarga xalqaro standartlar asosida «fast-track» uslubida (bir vaqtning özida loyihalaş, xarid qiliş va quriş) hamda 24/7 rejimida quriliş-montaj işlarini olib borişga ruxsat berildi.
Yer uçastkalari esa «E-auksion» platformasi orqali oçiq auksion yoki eng yaxşi taklifni tanlaş («Swiss challenge») usulida ijaraga berilib, obʼekt foydalanişga topşirilgaç yerni xususiylaştiriş yoki 49 yilgaça ijara huquqini qöşimça tölovlarsiz rasmiylaştiriş kafolatlanadi. Ekologik qurilişni rağbatlantiriş doirasida esa obʼektlarga «yaşil» sertifikat oliş xarajatlarining 100 ming AQŞ dollarigaça bölgan qismi davlat hisobidan qoplab beriladi.
Farmon bilan hududda samarali boşqaruvni yölga qöyiş maqsadida Yangi Toşkent şahri hokimligi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tegişli tuzilmalari taşkil etildi. Şu bilan birga, Toşkent şahrining 2045-yilgaça bölgan boş rejasiga özgartiriş kiritilib, vazirlik va idoralarning Yangi Toşkentga köçirilişi munosabati bilan böşaydigan eski bino-inşootlari oçiq auksion savdolari orqali xususiylaştirişga çiqariladi.
Xorijiy fuqarolar uçun köçmas mulk sotib oliş orqali Özbekistonda yaşaş guvohnomasini oliş böyiça talab etiladigan investitsiya miqdorining ikki barobar kamaytirilişi esa maxsus hududlarda köçmas mulk bozori va turizm infratuzilmasining jadal rivojlanişiga zamin yaratadi.
2035-yil 1-yanvargaça qurilişga ruxsat berilgan obʼektlarga nisbatan amal qiladigan uşbu Farmon va unda belgilangan qonunçilik kafolatlari (investorlar uçun 10 yillik barqarorlik şarti) mamlakatimizda zamonaviy megapolis infratuzilmasini şakllantiriş va iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori multiplikativ ösişni taʼminlaşga xizmat qiladi.
ÖzA