Yangi ğoyalar mualliflari taqdirlandi
Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida ilmiy izlanişlar olib borayotgan yoşlar, yangi ğoya va ixtirolar mualliflarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan işlar izçil davom ettirilmoqda.
Ana şu maqsadda taşkil etilgan "Eng yaxşi oliy taʼlim ixtiroçisi" Respublika tanlovi yakunlanib, ğoliblar taqdirlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Tanlov oliy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan yangi ixtiro va işlanmalarni qöllab-quvvatlaş, ilmiy izlanişlarga qiziqişni oşiriş hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş maqsadida ötkazildi.

Tanlovning respublika bosqiçiga jami 47 ta ariza kelib tuşdi. Loyihalar sunʼiy intellekt, dasturlaş va axborot texnologiyalari kabi sakkizta ustuvor yönaliş böyiça baholandi. Tanlov uç bosqiçda taşkil etildi.
Yakuniy natijalarga köra, sakkizta yönalişning har birida birinçi, ikkinçi va uçinçi örinlar aniqlanib, jami 24 nafar ğolib taqdirlandi.
Eʼtiborlisi, eng köp ğolib yetiştirgan oliy taʼlim muassasalari sifatida Qarşi davlat universiteti va Buxoro davlat texnika universiteti eʼtirof etildi. Har ikki universitetdan uç nafardan tanlov ğolibi aniqlandi. Uşbu oliy taʼlim muassasalarining har biriga laboratoriya jihozlarini xarid qiliş uçun 500 million sömdan mablağ ajratildi.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA