Yangi Ermatovlar yetishib chiqayaptimi? (+video)
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan OAV vakillari uchun hakamlik sohasiga oid yangiliklar, futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu jarayonda Jahon chempionatida sinovdan o‘tgan yangi qoidalarning Superligada qo‘llanilishi xususidan mutaxassislar tomonidan OAV vakillariga ma’lumotlar berildi. Unga ko‘ra, yangi qoidalar toza o‘yin vaqtining oshishiga va futbol yanada intensivlashishiga alohida urg‘u berildi.
Jarayon yakunida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari Ma’mur Saidqosimov joriy etilishi kutilayotgan qoidalarga klublarimiz va futbolchilarimiz naqadar tayyorligi hamda Ilgiz Tantashevning Mundialdagi ishtiroki xususida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi uchun maxsus intervyu berdi.
"You Tube" sahifamiz orqali O‘zFHM rahbari bilan intervyuni tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YwfBbdbVwiI" title="Tantashev ishtirokiga baho - UzFHM rahbari bilan intervyu!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Oybek Davronov, O‘zA