Osiyo chempionati: O‘zbekiston 14 nafar bokschi bilan finalda ishtirok etadi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zining hal qiluvchi bosqichiga yetdi. Bugun U19 va U23 toifalaridagi final janglari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston terma jamoasi finalga eng ko‘p – 14 nafar bokschi bilan yetib kelgani musobaqadagi ustunligini yana bir bor tasdiqladi.
U19 yosh toifasida O‘tkirbek Norqosimov (-50 kg.), Elyor Rustamov (-55 kg.), Muhammadrizo Ukimov (-60 kg.), Suxrob Rahmatullayev (-75 kg.), Abror Sharipov (-80 kg.), Sardorbek Baxromxo‘jayev (-85 kg.), Asadbek Sultanboyev (-90 kg.) va Islom Salixov (+90 kg.) chempionlik uchun ringga ko‘tariladi.
U23 yosh toifasida esa Ilhomjon Irgashev (-65 kg.), Abdulloh Madaminov (-70 kg.), Fazliddin Erkinboyev (-80 kg.), Norbek Abdullayev (-85 kg.), Samir Sobirov (-90 kg.) hamda Ozodbek Aliyev (+90 kg.) oltin medal uchun bahs olib boradi.
Final bellashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadi. Uchrashuvlar vaqti taqdirlash marosimlariga qarab o‘zgarishi mumkin.

Osiyo chempionatining qizlar o‘rtasida final janglarida har ikki yosh toifasida qizlarimiz 10 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA