Yamandagi harbiy operatsiya, AQSH bombardimonchilari va Rossiyadagi o‘lat xavfi
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Yaman hukumati husiylarga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlagani, AQSH Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford harbiy bazasidan barcha bombardimonchi samolyotlarini olib ketgani, Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat xavfi tufayli ayrim shifoxonalarda karantin joriy etilgani va “Tolibon”ning Belarusdan qurol-yarog‘ hamda dronlar sotib olayotgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning tojik tilidan internet va ilm-fanda foydalanishni kengaytirishga chaqirgani hamda ispaniyalik olimlarning miya eski va yangi xotiralarni qanday ajratishini aniqlagani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqubjon Meliboyev,
Salimjon Obidjonov, O‘zA