Guler: Tinchlikni saqlash uchun urushga tayyor bo‘lishimiz kerak
Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan “Birlik kuchi-2026” qo‘shma harbiy mashqi davomida tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun urushga tayyor bo‘lishimiz kerak, dedi.
Mulozim mashg‘ulot doirasida uch davlat harbiy xizmatchilarini tayyorlash yakunlanganini ta’kidladi.
Shuningdek, kelajakda Ozarbayjon va Qozog‘iston ishtirokida keng ko‘lamli qo‘shma mashq rejalashtirilganini ham ma’lum qildi.
Katta kuzatuvchilar kunini ham o‘z ichiga oladigan tadbirda ishtirok etuvchi davlatlar vakillari va kuzatuvchilar harbiy texnika hamda mashqning amaliy bosqichi bilan tanishtiriladi.
S.Rahimov, O‘zA