Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasi bilan muzokara olib borganini tasdiqladi
Ular menga tanaffus qilişim kerak bölgan paytda murojaat qilişdi.
Ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasini boşqariş taklifini olganini ilk bor oçiq aytdi.
«Ha, Italiya tomoni bilan gaplaşganman. Bu haqda birinçi marta oçiq gapiryapman. Italiyadek terma jamoaning taklifini rad etişga xijolat ham böldim. Ular meni terma jamoa murabbiyligiga munosib deb bilgani faoliyatimdagi eng katta şaraflardan biri.
Ular menga tanaffus qilişim kerak bölgan paytda murojaat qilişdi. Agar bir yoki ikki yil keyin murojaat qilişganida, ehtimol, rozi bölardim», — dedi Gvardiola.
Avvalroq Italiya futbol federatsiyasi vakillari iyul oyida Gvardiola bilan uçraşib, unga terma jamoani boşqarişni taklif qilgani xabar qilingan edi.